Asrlar osha go'zallik marosimlari

Asrlar osha go'zallik marosimlari
Foto: Ildar Sadiqov · Foto: Ildar Sadiqov (+ Unsplash: Content Pixie, Lance Reis)

O'ZBEKISTON

Bizning katta-katta buvilarimizning qoshlari doim qalin va qora bo'lgan. Buning sababi shuki, qadim zamonlardan to bugungi kungacha qosh va kipriklar uchun eng yaxshi vosita usma o'simligidir. Qadimda qiz bola tug'ilganda, qoshlari albatta qalin va chiroyli bo'lishi uchun yettinchi kuni unga usma surilgan.

PYOTRGACHA BO'LGAN RUS XVI—XVII ASRLAR

Rusda pardoz qo'l ostidagi vositalar bilan qilingan. Yuzni bo'r va un bilan oqartirishgan, upa o'rnida lavlagi ishlatishgan. Lablarni malina va gilos bilan bo'yashgan, ko'z chizig'ini esa kuya va ko'mir yordamida chizishgan.

QADIMGI HINDISTON

Qadimdan hind ayollari go'zal sochlari bilan mashhur bo'lgan. Bizgacha yetib kelgan va juda mashhur retsept juda oddiy — bu xina bo'lib, u bo'yar ekan, sochlarni ipakdek va sog'lom qiladi. Asosan arab, eron va, albatta, hind brendlari xina asosidagi turli vositalarni taklif etadi. Qadimdan qo'llarga xina bilan chiziladigan naqshlar — mehndi ham ma'lum bo'lib, bugun nafaqat Hindistonda mashhur. Qadimgi Misrda xina haqidagi birinchi eslatma esa miloddan avvalgi 1200-yilda bo'lgan.

Asrlar osha go'zallik marosimlari
Unsplash: Content Pixie

QADIMGI XITOY

Hammaga manzur nefrit yuz roligi Xitoyda VII asrdan beri ma'lum. Masalan, u ma'lum akupunktura nuqtalariga ta'sir qilish uchun, yassi tosh esa qon aylanishini yaxshilash uchun ishlatilgan. Zamonaviy kosmetologlar va yuz massaji ishqibozlari rolik bilan o'tkaziladigan muolajani nafaqat go'zallik vositasi, balki ko'p asrlar davomida o'zini oqlagan massaj texnikasi sifatida ham qadrlaydi. Qadimgi Xitoyda paydo bo'lgan guasha qirg'ich esa «barcha yomon narsalarni qirib tashlash» deb tarjima qilinadi.

O'RTA ASRLAR

O'rta asrlarda yuzni oqartirish juda urf bo'lgan. Ayollar yuzlarini kepak damlamasi bilan yuvib, terisini yumshoq va oq qilishgan. Bugun kosmetika brendlari shunga o'xshash tarkibli turli yuz niqoblarini taklif etadi. Yana sochsiz baland peshona ham urf bo'lgan. Ayollar ularni sirka va ohak eritmasi bilan olib tashlashgan. Bugun, baxtimizga, masalan, nafaqat ayollar orasida mashhur bo'lgan lazerli epilyatsiya mavjud.