Cookie fayllaridan foydalanish siyosati
[●] 2026-yildagi tahrir
Ushbu Cookie fayllarini qayta ishlash siyosati (bundan buyon - «Siyosat») Foydalanuvchilar https://hill.uz manzilida joylashgan, barcha subdomen va boʻlimlarini oʻz ichiga olgan saytga (bundan buyon - «Sayt») tashrif buyurganda va undan foydalanganda «ABBA GLOBAL» MChJ (bundan buyon - «Maʼmuriyat») tomonidan yigʻiladigan va qayta ishlanadigan cookie fayllarini qayta ishlash shartlari va tartibini belgilaydi.
Saytga tashrif buyurib va «Qabul qilaman» tugmasini (yoxud Foydalanuvchi tomonidan ushbu Siyosat qabul qilinganini tasdiqlash imkonini beruvchi boshqa har qanday tugma yoki interfeys elementini) bosish orqali ushbu Siyosatni aksept qilib va/yoki Saytdan foydalanishni davom ettirib, Foydalanuvchi cookie fayllarini ushbu Siyosatda bayon etilgan shartlar asosida qayta ishlashga oʻz roziligini bildiradi. Majburiy (texnik jihatdan zarur) cookie fayllari bunday rozilikdan qatʼi nazar, Sayt ishlashi uchun zarur boʻlgan hajmda qayta ishlanadi.
Ushbu Siyosat Saytda joylashtirilgan Foydalanish shartlarining ajralmas qismi boʻlib, Maxfiylik siyosati va Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik bilan birgalikda qoʻllaniladi. Ushbu Siyosatda ishlatilgan va unda taʼrifi berilmagan atamalar Foydalanish shartlarida belgilangan maʼnoda qoʻllaniladi.
1. Atamalar va taʼriflar
1.1. Maʼmuriyat - Saytning egasi hamda «HILL» va «HILL Media House» ommaviy axborot vositalarining muassisi (nashriyotchisi) boʻlgan «ABBA GLOBAL» MChJ. Manzil: Toshkent shahri, Sofdil koʻchasi, «Tashkent INDEX» savdo majmuasi; STIR (INN): 311 413 563.
1.2. Sayt - https://hill.uz manzilida joylashgan, barcha subdomen va boʻlimlarini oʻz ichiga olgan internet sayti.
1.3. Foydalanuvchi - Saytga tashrif buyuruvchi va undan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
1.4. Cookie fayli - Saytga tashrif buyurilganda veb-server tomonidan yuboriladigan va internetga ulangan kompyuter, mobil telefon yoxud boshqa qurilmada saqlanadigan kichik matnli fayl. Saytning har bir sahifasi ochilganda Foydalanuvchining veb-brauzeri bunday faylni HTTP-soʻrov tarkibida veb-serverga qaytaradi va serverga Foydalanuvchining harakatlari yoki afzalliklari haqidagi maʼlumotni yetkazadi. Ushbu Siyosat maqsadlarida «cookie fayllari» deganda shunga oʻxshash boshqa har qanday texnologiyalar (jumladan, qurilmaning lokal xotirasi (local storage), piksellar, teglar va veb-mayoqlar) ham tushuniladi. Foydalaniladigan cookie fayllari turlari haqidagi batafsil maʼlumot Siyosatning 2-boʻlimida bayon etilgan.
1.5. Tahliliy xizmat - Foydalanuvchilarning Saytdagi xatti-harakatlarini kuzatish va tahlil qilish imkonini beruvchi veb-tahlil vositasi.
1.6. Retargeting - avval Saytga yoki uning ayrim boʻlimlariga qiziqish bildirgan Foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqa mexanizmi boʻlib, uning doirasida bunday Foydalanuvchiga Maʼmuriyat va/yoki uning hamkorlarining mahsulotlari, xizmatlari va Materiallari haqidagi maʼlumot yoki reklama (shu jumladan takroran) namoyish etiladi.
1.7. IP-manzil - tarmoq tugunlari oʻrtasida axborotni topish, uzatish va qabul qilish uchun zarur boʻlgan noyob tarmoq manzili.
2. Cookie fayllari turlari va ularning tarkibi haqida maʼlumot
2.1. Maʼmuriyat cookie fayllarining quyidagi turlaridan foydalanishi mumkin:
2.1.1. Majburiy (texnik jihatdan zarur) cookie fayllari - Saytning toʻgʻri ishlashini taʼminlash va Foydalanuvchi soʻragan funksiyalarni taqdim etish uchun zarur. Bunday funksiyalarga til tanlash, Shaxsiy kabinetga kirish (avtorizatsiya) holatini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash va firibgarlikning oldini olish, Bosma sonlarga buyurtma berish va Obunani rasmiylashtirishda savat holatini saqlash, Saytning himoyalangan boʻlimlariga kirish kirishi mumkin. Cookie fayllarining ushbu toifasini oʻchirib boʻlmaydi, chunki usiz Sayt tegishli tarzda ishlay olmaydi.
2.1.2. Tahliliy (ekspluatatsion) cookie fayllari - Foydalanuvchi Saytdan qanday foydalanayotgani haqida maʼlumot yigʻish uchun zarur (masalan, qoʻllanilayotgan brauzer, tashrif buyurilgan sahifalar, seans davomiyligi haqida). Ushbu cookie fayllari Saytning sifati va isteʼmol xususiyatlarini yaxshilash, navigatsiyani takomillashtirish, texnik xatoliklarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek Sayt xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi.
2.1.3. Marketing cookie fayllari - Foydalanuvchining afzalliklari haqida maʼlumot yigʻish hamda uning qiziqishlariga eng mos keladigan reklama va kontentni, jumladan Obuna, Elektron va Bosma sonlar, HILL Tadbirlari reklamasini koʻrsatish uchun ishlatiladi. Bunday cookie fayllari, shuningdek, reklama koʻrsatishlari sonini cheklash, takliflarni shaxsiylashtirish hamda Maʼmuriyat va uning hamkorlarining reklama va marketing kampaniyalari samaradorligini baholash (konversiyani baholash) uchun, shu jumladan retargeting maqsadlarida qoʻllanilishi mumkin.
2.2. Cookie fayllari Foydalanuvchi qurilmasi tomonidan uzatiladigan texnik maʼlumotni, jumladan quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: Foydalanuvchi va/yoki seans identifikatori; IP-manzil; qurilma va uning texnik konfiguratsiyasi haqidagi maʼlumotlar (qurilma turi, operatsion tizim va uning versiyasi, ekran parametrlari); dasturiy taʼminot haqidagi maʼlumotlar (veb-brauzer turi va versiyasi, til sozlamalari); Foydalanuvchining Saytdagi harakatlari haqidagi maʼlumotlar (koʻrilgan sahifalar, saytda boʻlgan vaqt, Saytga oʻtish manbasi, oʻtish amalga oshirilgan qidiruv soʻrovlari, oʻtishlar amalga oshirilgan sahifalar); yuzaga keladigan xatoliklar haqidagi maʼlumotlar; qurilma uzatadigan boshqa texnik maʼlumotlar.
2.3. Cookie fayllarida saqlanadigan axborot tarkibi cookie faylining turiga, Foydalanuvchi qoʻllayotgan qurilmaga, unga oʻrnatilgan dasturiy taʼminotga, shuningdek Foydalanuvchi oʻzaro aloqada boʻlayotgan Sayt boʻlimiga bogʻliq.
3. Cookie fayllarini qayta ishlash maqsadlari
3.1. Maʼmuriyat cookie fayllarini quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun qayta ishlashi mumkin:
3.1.1. Saytning toʻliq va toʻgʻri ishlashini taʼminlash, Foydalanuvchining sozlamalari va avtorizatsiya holatini saqlash;
3.1.2. Sayt xavfsizligini taʼminlash, firibgarlik va hisob yozuvlariga ruxsatsiz kirishning oldini olish;
3.1.3. Saytning pullik funksiyalarini, jumladan Obuna, Elektron sonlarga kirish va Bosma sonlarga buyurtma rasmiylashtirishni taqdim etish va ularning toʻgʻri ishlashi;
3.1.4. Saytni, uning servislari va funksionalini rivojlantirish va yaxshilash, jumladan ishlab chiqish, modernizatsiya qilish va xatoliklarni bartaraf etish;
3.1.5. Maʼmuriyatning Materiallari, Obunasi va xizmatlari boʻyicha shaxsiylashtirilgan hamda Foydalanuvchining ehtiyojlariga mos boshqa takliflarni shakllantirish;
3.1.6. tahliliy, statistik va marketing tadqiqotlarini, shu jumladan katta hajmdagi maʼlumotlardan foydalangan holda oʻtkazish;
3.1.7. reklama va marketing tadbirlarini oʻtkazish (jumladan, Saytda reklama materiallarini joylashtirish, reklamani yakka tartibda koʻrsatishni sozlash va retargeting).
4. Maʼmuriyat cookie fayllarini qanday qayta ishlaydi
4.1. Maʼmuriyat cookie fayllarini avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda quyidagi harakatlar (amallar) orqali qayta ishlashga haqli: yigʻish, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), ajratib olish, foydalanish, uzatish (taqdim etish, kirish huquqini berish), shaxssizlantirish, bloklash, oʻchirish, yoʻq qilish.
4.2. Maʼmuriyat cookie fayllarini Foydalanuvchi ushbu Siyosatni aksept qilgan va/yoki Saytdan foydalanishni boshlagan kundan eʼtiboran, qayta ishlashning eʼlon qilingan maqsadlariga erishilgunga qadar yoxud Foydalanuvchi tegishli cookie fayllarini qayta ishlashdan bosh tortgunga qadar, cookie fayllarining saqlanish muddatlarini («amal qilish muddatlarini») hisobga olgan holda qayta ishlaydi. Saqlash muddati cookie fayli turiga bogʻliq: seans cookie fayllari seans yakunlangach (brauzer yopilganda) oʻchiriladi, doimiy cookie fayllari esa ular uchun belgilangan muddat davomida yoxud Foydalanuvchi tomonidan oʻchirilgunga qadar saqlanadi.
4.3. Cookie fayllarida boʻlishi yoxud ular yordamida olinishi mumkin boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni (2019-yil 2-iyuldagi OʻRQ-547-son) hamda Maxfiylik siyosati va Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Maʼmuriyat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlashga doir qonunchilikda belgilangan talablarni hisobga oladi.
5. Cookie fayllari kimlarga uzatilishi va Maʼmuriyat ularni qayta ishlashga kimlarni jalb qilishi mumkin
5.1. Maʼmuriyat Foydalanuvchini xabardor qiladi, Foydalanuvchi esa eʼlon qilingan maqsadlarga erishish uchun Maʼmuriyat uchinchi shaxslarning Tahliliy xizmatlaridan foydalanishga, shuningdek cookie fayllarini oʻzi bilan tegishli shartnomalar va/yoki bitimlar tuzilgan bunday Tahliliy xizmatlar egalariga uzatishga (zarur boʻlganda transchegaraviy uzatishga) haqli ekaniga rozilik bildiradi.
5.2. Maʼmuriyat Foydalanuvchini xabardor qiladi, Foydalanuvchi esa eʼlon qilingan maqsadlarga erishish uchun cookie fayllari Saytga integratsiya qilingan uchinchi shaxslarning servislari va resurslaridan (jumladan toʻlov tizimlari, yetkazib berish xizmatlari, oʻrnatilgan video-pleyerlar, kartografik servislar va ijtimoiy tarmoqlardan) foydalanish bilan bogʻliq holda jalb etilishi va uzatilishi mumkinligiga rozilik bildiradi. Bunday servislardan foydalanish tegishli uchinchi shaxslarning qoidalari va siyosatlari bilan ham tartibga solinadi; Maʼmuriyat, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida bevosita nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, ularning tomonida maʼlumotlarni qayta ishlashni nazorat qilmaydi.
5.3. Cookie fayllarida saqlanadigan maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish Oʻzbekiston Respublikasining shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
6. Cookie fayllarining xavfsizligi
6.1. Maʼmuriyat Foydalanuvchi maʼlumotlarini (jumladan cookie fayllarini) ularga gʻayriqonuniy yoki tasodifiy kirish, ularni yoʻq qilish, oʻzgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek boshqa gʻayriqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻradi.
6.2. Texnik xavfsizlik choralari Maʼmuriyat tomonidan qoʻllaniladigan qonunchilik talablari, texnikaning zamonaviy darajasi, qayta ishlanayotgan axborot xususiyati va uni qayta ishlash bilan bogʻliq xatarlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
7. Cookie fayllarini qayta ishlashdan qanday bosh tortish mumkin
7.1. Majburiy (texnik jihatdan zarur) cookie fayllarini oʻchirib boʻlmaydi, chunki ular Saytning toʻgʻri ishlashi va xavfsizligi uchun zarur. Foydalanuvchi Saytdan foydalanishni yakunlagach, ularni oʻz brauzeri yoki qurilmasi vositalari bilan oʻchirishi mumkin.
7.2. Foydalanuvchi tahliliy va marketing cookie fayllarini qayta ishlashdan bosh tortishi mumkin. Cookie fayllari Foydalanuvchining qurilmasiga joylashtiriladi, shu sababli Maʼmuriyat ularni Foydalanuvchi oʻrniga oʻchira olmaydi; Foydalanuvchi cookie fayllarini oʻz qurilmasi va brauzeriga tegishli koʻrsatmalarga muvofiq mustaqil boshqaradi.
7.3. Eʼtibor bering, shunga oʻxshash texnologik yechimlar (masalan, qurilmaning lokal xotirasi) vaqt oʻtgach avtomatik oʻchirishning oʻrnatilgan mexanizmiga ega emas va Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda oʻchirilishi lozim. Cookie fayllarining bir qismini oʻchirish Saytning ayrim funksiyalari ishlamasligiga yoki notoʻgʻri ishlashiga olib kelishi mumkin.
7.4. Keng tarqalgan brauzerlarda cookie fayllarini bloklash va oʻchirish boʻyicha qoʻllanmalar namunalari ularning ishlab chiquvchilarining rasmiy maʼlumot resurslarida mavjud:
- Google Chrome - https://support.google.com/chrome/answer/95647;
- Mozilla Firefox - https://support.mozilla.org/kb/udalenie-kukov;
- Safari - https://support.apple.com/ru-ru/guide/safari/sfri11471/mac;
- Microsoft Edge - https://support.microsoft.com/microsoft-edge;
- Opera - https://help.opera.com/ru/latest/web-preferences/.
8. Yakuniy qoidalar
8.1. Siyosatga vaqti-vaqti bilan oʻzgartirish va/yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Siyosatning yangilangan tahriri Saytda joylashtiriladi; Maʼmuriyat bunday oʻzgarishlar haqida Foydalanuvchilarga alohida xabarnomalar yuborishi shart emas. Foydalanuvchiga amaldagi tahrir bilan tanishib borish uchun ushbu sahifani vaqti-vaqti bilan koʻrib turish tavsiya etiladi. Oʻzgarishlar Siyosat koʻrsatilgan manzilda joylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
8.2. Foydalanuvchilar maʼlumotlarini qayta ishlashning ushbu Siyosat bilan tartibga solinmagan qismida Saytda joylashtirilgan Maxfiylik siyosati, Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik va Foydalanish shartlari qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi qoʻllaniladi.
8.3. Cookie fayllarini qayta ishlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Foydalanuvchi Maʼmuriyatga info@hillmagazine.ru elektron pochta manzili orqali yoxud Saytda koʻrsatilgan boshqa kontakt maʼlumotlari orqali murojaat qilishga haqli.
«ABBA GLOBAL» mas’uliyati cheklangan jamiyati
Manzil: Toshkent shahri, Sofdil koʻchasi, «Tashkent INDEX» savdo majmuasi · STIR (INN): 311 413 563
Foydalanuvchi murojaatlar, savollar va daʼvolarni Saytda koʻrsatilgan kontakt maʼlumotlari orqali yoxud info@hillmagazine.ru manzili orqali yuboradi.