HILL Uzbekistan
Grafik dizayner / Sahifalovchi
HILL Uzbekistan — premium lifestyle jurnali — 2 yildan ortiq tajribaga ega grafik dizaynerni izlamoqda. Bosma nashr sahifalashni sevadigan va haqiqiy jurnal mayda detallardan boshlanishini tushunadigan mutaxassisni kutamiz.
Nima bilan shug'ullanasiz
- HILL Uzbekistan bosma jurnalini gaydlaynga muvofiq sahifalash va bosmaxonaga tayyorlash
- Oddiy murakkablikdagi illyustratsiya va kollajlar yaratish (zarurat boʻlganda)
- Fototahrir va rang korreksiyasi
- Art-direksiya hamda illyustrator va fotograflar bilan muloqot
- Instagram post va storislari uchun kartochkalar yaratish
- Hamkorlar uchun reklama modullarini ishlab chiqish
- Brendbukka muvofiq merch mahsulotlarini yaratish
Nimalarni kutamiz
- Adobe InDesign, Illustrator, Photoshop dasturlarini mukammal bilish (Premiere Pro bilimi ustunlik hisoblanadi)
- Tipografika va sahifalash nozikliklarini tushunish, bosmadan oldingi tayyorgarlik tajribasi
- Koʻp sahifali sahifalash namunalari bilan portfolio (jurnallar, kataloglar, kitoblar)
- Dizayn sohasida mutaxassislik taʼlimi (badiiy taʼlim ustunlik hisoblanadi)
Agar siz quyidagilarga mos kelsangiz
Siz mustaqil ishlashga oʻrgangan boʻlsangiz, masʼuliyatni oʻz zimmangizga olsangiz va sahifalashni belgilangan muddatda topshirsangiz. Defisning oʻrta va uzun tiredan farqini bilsangiz, «ingichka shpatsiya» va «uzilmas boʻshliq» siz uchun quruq soʻz emas, balki ish qurollari boʻlsa. Matnni sinchiklab oʻqishga, tasvirlarni mustaqil tanlashga va hikoyani grafika bilan boyitishga tayyor boʻlsangiz.
Tanlov bosqichlari
- Tanlab olingan nomzodlarga test topshirigʻi taklif etiladi.
- Ariza yuborish: rezyume va portfolioni projects@hill.uz manziliga «Dizayner» belgisi bilan yuboring.