Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam

Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam
Foto: Diyora Muslimova

15-sentabr kuni Ember & Embar terrassasida Hill tahririyati o‘z brendining yangi qiyofada taqdim etilishi va konsepsiyasi o‘zgarishiga bag‘ishlangan yorqin kechani o‘tkazdi. Ushbu voqea jurnalning ichki yangilanishi hamda xalqaro bozorga chiqishining o‘ziga xos ramzi bo‘ldi. «Same same but different» shiori ostida Hill nashri investorlarni estetik jihatdan jozibali kontent bilan jalb etishni hamda O‘zbekistonning biznes, madaniyat va moda sohasidagi yuksak salohiyatini namoyon etishni maqsad qilgan.

Yangi bosh direktor va bosh muharrir Alsu Bashar o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi: «Hill dastlab O‘zbekistonning moda va madaniyati haqidagi jurnal edi. Biz uning konsepsiyasini o‘zgartirib, asosiy e’tiborni biznes, san’at va turmush tarzi sifatida modaga qaratdik». Shuningdek, u nashrning geografik ko‘lami kengayayotganini ta’kidlab, jurnal endilikda Turkiya va BAA kabi yangi bozorlarni ham qamrab olishini qayd etdi.

Tantanali oqshomda turli sohalarning taniqli vakillari jam bo‘lishdi. Ular orasida «Tashkent Invest» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Andrey Peregudov, LWgroup mintaqaviy direktori Anvar Yusupov, Nobile Group bosh direktori Azim Urmanov, TBC Bank, Uzum boshqaruvi va Koç Construction vakillari, shuningdek, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bor edi.

Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam
Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam
Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam
Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam
Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam

Ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro maslahatchi janob Shmid, Tissot va Certina brendlarining mintaqaviy menejeri Kamilla Husainova hamda FCN Group egasi Tatyana Jdanova kabi shaxslarning ishtiroki tadbir nufuzini yanada oshirdi. «LALI» brendi dizayneri va asoschisi Lali Fozilova ham kechaning diqqat markazida bo‘ldi.

VERTU va Jacob & Co brendlarining rasmiy distribyutori — Bizcon Group rivojlanish direktori Po‘lat Solihov, CMJ Group (TOUS va TIME rasmiy distribyutori) vakili Xoren Abramyan bilan birga o‘z kompaniyalarini taqdim etdi. Kechaga, shuningdek, Prive 7 go‘zallik salonlari xalqaro tarmog‘i direktori Mariya Turanova va Ribambelle restoranlar tarmog‘i egasi Oygul Musaxonova ham tashrif buyurdi.

Ushbu tadbir ko‘plab iste’dodli va nufuzli insonlarni birlashtirib, O‘zbekiston biznes hamjamiyati hayotida muhim voqeaga aylandi.

Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam
Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam
Hill Relaunch Party: yangi imkoniyatlar sari yangi qadam

Kechaning maxsus mehmoni — O‘zbekiston xalq artisti Sevara Nazarxon o‘zining diltartar taronalari bilan bayramona kayfiyat ulashdi. Hamkorlar — TOUS, TIME, Tissot, Certina, VERTU, Chrono, Prive 7, «Kashemir i Shyolk» va New Millennium Eyewear tomonidan tashkil etilgan lotereya va qimmatbaho sovg‘alar o‘yini kechaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Hill nashri kelgusida adadini 5 000 nusxaga yetkazishni va maxsus sonlarni chop etishni rejalashtirmoqda. Yangicha yondashuvning muhim qismi — O‘zbekistonning betakror go‘zalligini professional fotosessiyalar orqali ochib beruvchi eksklyuziv ekspeditsiyalar bo‘ladi. «Biz, shuningdek, mahalliy san’atni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z mukofotimizni ta’sis etmoqdamiz», — dedi Alsu Bashar.

Shu tariqa, Hill jurnali o‘z an’analarini saqlagan holda, O‘zbekiston biznesi va madaniyati uchun yangi ufqlarni ochib, kelajak sari dadil qadam tashlamoqda.

Mehmonlar orasida bo‘lgan «Kashemir i Shyolk» direktori Mariya Fyodorova eng sara qadriyatlar Hill falsafasi va konsepsiyasi bilan hamohang ekanini ta’kidladi. VERTU vakili Lyubov Shlyaxtenkova esa jurnal bilan hamkorlikning ahamiyatini alohida qayd etdi.