Cigar Football Party: O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 ga yo‘llanma olgani sharafiga tarixiy oqshom

Cigar Football Party: O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 ga yo‘llanma olgani sharafiga tarixiy oqshom
Foto: Stanislav Boyko

28-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston futboli tarixidagi unutilmas voqea — milliy terma jamoamizning ilk bor 2026-yilgi jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma olganiga bag‘ishlangan Cigar Football Party bo‘lib o‘tdi. Cigar Academy Uz tomonidan tashkil etilgan ushbu kecha ikki ehtiros — futbol hamda Kuba sigaralari san’atini o‘zida mujassam etgan holda afisionadolar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Mehmonlar Chivas elita viskisi va La Casa Del Habano sigaralari hamrohligida O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionati sari bosib o‘tgan yo‘liga bag‘ishlangan eksklyuziv filmni tomosha qildilar. Kartinani uning rejissyori — taniqli jurnalist va sharhlovchi Nobel Arustamyan shaxsan taqdim etdi. Tomoshabinlar saralash turnirining hal qiluvchi lahzalari, ekspertlarning xolis baholari va o‘zbek jamoasining tarixiy g‘alabasiga hamroh bo‘lgan hayajonli hissiyotlar haqida bevosita muallifning o‘zidan eshitish imkoniga ega bo‘ldilar. Futbol kabi jo‘shqin va hayajonli sport turi haqida so‘z ketganda befarq qolishning imkoni yo‘q, shu sababli ham bu boradagi qizg‘in suhbatlar oqshomning eng yorqin xotiralaridan biriga aylandi.

Cigar Football Party doirasidagi muhim yangiliklardan biri — Montecristo Open Slam yangi sigarasining ilk degustatsiyasi bo‘ldi. Darvoqe, nomdagi «Slam» so‘zi ramziy ma’noda «jarangdor zarba» deya talqin qilinadi. Millionlab muxlislar 2026-yilda O‘zbekiston terma jamoasidan aynan shunday gollarni kutib qoladi.

Cigar Football Party: O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 ga yo‘llanma olgani sharafiga tarixiy oqshom
Cigar Football Party: O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 ga yo‘llanma olgani sharafiga tarixiy oqshom
Cigar Football Party: O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 ga yo‘llanma olgani sharafiga tarixiy oqshom
Cigar Football Party: O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 ga yo‘llanma olgani sharafiga tarixiy oqshom
Cigar Football Party: O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 ga yo‘llanma olgani sharafiga tarixiy oqshom

Kechadagi sovrinli o‘yinlar esa barchaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Tadbir hamkorlari (La Casa Del Habano, HILL UZBEKISTAN, Chivas (Altash Import), InterContinental Tashkent) mehmonlarga «Cashmere & Silk» butigidan xarid uchun sertifikat, Swissôtel’da ikki kishilik kechki ovqat, eksklyuziv sigaralar, 2018-yilgi jahon chempionatiga bag‘ishlangan kitoblar, maxsus Chivas 12 ichimligi va hattoki Qozog‘istondagi Porsche poyga trassasi uchun yo‘llanmalarni taqdim etdilar.

Oqshom birdamlik va samimiyat ruhida o‘tdi. Unda har bir ishtirokchi g‘alaba sari tashlangan ulkan qadamning bir qismi ekanini his qildi. Tashkilotchilar va hamkorlar ikki xil madaniyat — futbol va sigara olami o‘rtasidagi muloqot uchun mukammal muhit yarata olishdi. Bu shunchaki tadbir emas, balki kelasi yili har bir o‘zbekistonlik futbol ishqibozi intiqib kutayotgan ulkan sport bayramining tantanali debochasi bo‘ldi.

Ushbu maqola tamaki yoki alkogol mahsulotlarini reklama qilish yoki targ‘ib etish maqsadini ko‘zlamaydi. HILL UZBEKISTAN jurnali chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilishga qarshi.