Ayol kuchi — hamjihatlikda

Bashar
Foto: Stanislav Boyko
Navro‘z — yangilanish, nur va ichki qudrat fasli. Ushbu ayyomning nafaqat biznes barpo etayotgan, balki hayotda yangi, mardona va ilhombaxsh voqelikni yaratayotgan ayollar davrasida nishonlanishi o‘zgacha ramziy ma’noga ega.
28-mart kuni Toshkentdagi so‘lim Lago Park hududida Tadbirkor ayol xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Navro‘z festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir SME (kichik va o‘rta biznes) yetakchilari hamda mamlakatimiz kreativ industriya vakillaridan iborat 300 dan ortiq mehmonni bir davraga jamladi. Barcha bahor ayyomi va ayollar tadbirkorligi uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni bayram qilish uchun yig‘ildi.
Tadbir Koç Construction, Orient Finans Bank va INVENTO Uzbek International School kompaniyalari bosh homiyligida hamda Legend, Sowell Prohair, LIV Hospital va New Way kumush homiyligida o‘tkazildi. HILL UZBEKISTAN nashri loyihaning asosiy axborot hamkori sifatida ishtirok etdi.
Shuningdek, Barbican, Chateu Hamkor, Eli Kids, Romanova Cakes, Promassage, Di.Mockingbird, Liht House, World With You, Lilly Plau, Talents Project kabi brendlar hamda AIKAS GROUP, BI Media, Last-Media media kompaniyalari tadbirga yaqindan ko‘mak berdi.
Tantana karnay-surnay sadolari ostida boshlandi. Mehmonlarni rang-barang fotozonalar, mehendi san’ati va vizajistlar xizmati ko‘rsatilgan maxsus hududlar hamda hamkorlarning tansiq taomlari kutib oldi. Bayramning kulminatsion nuqtasi qadimiy an’anamiz — sumalak sayli hamda milliy ne’matlar bilan bezatilgan bayram dasturxoni bo‘ldi.
Tadbirda assotsiatsiyaning Toshkent shahar bo‘limi raisi Dilafro‘z Toshmuhamedova so‘zga chiqib, biznes olamida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash naqadar muhimligini ta’kidladi. Tadbirkor ayol assotsiatsiyasi 30 yildan ortiq vaqt davomida ushbu tamoyillarga sodiq qolgan holda, bugungi kunda 170 000 dan ziyod tadbirkor ayolni o‘z atrofida birlashtirib kelmoqda.
Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Indoneziya elchilarining tabrik so‘zlari festivalning xalqaro maqomini yanada mustahkamladi. O‘zaro hamjihatlik va bunyodkorlik ramzi bo‘lgan ushbu ayyom turli mamlakatlar, biznes, an’analar va madaniyatlar vakillarini bir maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Assotsiatsiya xayriya ishlariga va bolalarga yordam berishga ham alohida e’tibor qaratdi. Tadbirda Kapalak bolalar fondi hamda imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi. Festival doirasida ular uchun inklyuziv muhit yaratilib, xayriya mablag‘lari yig‘ildi.
Dastur doirasida milliy raqslar, xonandalar Laliddin Xalmatov va Ulug‘bek Mavlonovning chiqishlari mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Spring Fashion Show namoyishida o‘zbek dizaynerlarining go‘zal to‘plamlari taqdim etildi. Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, yetakchi psixologlar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan «Rivojlanish hududi» ham ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.
Kechaning hayajonli lahzalaridan biri hamkorlar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alar yutug‘i bo‘ldi. Orient Finans Bank g‘oliblarga noutbuklar, Koç Construction ofis organayzerlari, Invento xalqaro maktabi esa 10 ta ta’lim sertifikatini topshirdi. Axborot hamkori HILL UZBEKISTAN premium toifasidagi Dr. Vaisov klinikasiga yo‘llanmalar taqdim etdi. LIV Clinics, Impress Beauty saloni va Sowell brendidan berilgan sovg‘alar ham o‘z egalarini topdi. Festival milliy raqslar, DJ-set va hamkorlar taqdim etgan shirinliklar bilan yakunlandi.
Buyuk Koko Shanel shunday degan edi: «Go‘zallik — o‘zingiz bo‘lishga qaror qilgan lahzadan boshlanadi». Ayollarning haqiqiy kuchi ham, ehtimol, aynan shundadir. Ushbu Navro‘z har bir ayol uchun yangi imkoniyatlar va o‘sish nuqtasi bo‘lib xizmat qilsin. Har bir ayol o‘zi o‘ylaganidan ham ko‘proq narsaga qodir ekaniga ishonsin!
HILL UZBEKISTAN tahririyati Tadbirkor ayol assotsiatsiyasiga ishonch va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi. Kuchli va bunyodkor ayollar hamjamiyatining bir qismi bo‘lish biz uchun yuksak sharafdir.












