Servis, ishonchlilik, ishonch: Asakabank premium banking kelajagini shakllantirmoqda

Servis, ishonchlilik, ishonch: Asakabank premium banking kelajagini shakllantirmoqda
Foto: Stanislav Boyko

Asakabank uzoq vaqtdan beri O‘zbekistonda biznes uchun ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon etib kelmoqda. Bugun bank yangi qadam tashlamoqda — u o‘ziga to‘q mijozlar auditoriyasiga yo‘naltirilgan mahsulotlari bilan premium chakana banking bozoriga kirib bormoqda. Diqqat markazida — Mastercard World Elite Veneer kartasi. HILL jurnali Asakabank boshqaruvchi direktori Jafar Saidov va Mastercard’ning O‘zbekistondagi bosh menejeri Denis Filippov bilan suhbatlashdi.

Servis, ishonchlilik, ishonch: Asakabank premium banking kelajagini shakllantirmoqda
Hill

Bu yil Asakabank o‘zining 30 yilligini nishonlamoqda. Uch o‘nyillik faoliyat yakunlarini qanday sarhisob qilasiz?

J. S.

Asakabank o‘ttiz yil davomida O‘zbekiston moliya bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida biz mamlakat iqtisodiy hayotining yirik korxonalaridan tortib, xususiy mijozlarigacha bo‘lgan keng doiradagi ishtirokchilari uchun ishonchli hamkorga aylandik. Bizning vazifamiz — mijozlarning faoliyat sohasi yoki maqomidan qat’i nazar, ularning ehtiyojlarini qondirishdir. Biz servis sifatiga alohida e’tibor qaratib, ishonchlilikni har bir mijozga individual va moslanuvchan yondashuv bilan uyg‘unlashtiramiz. Bizning asosiy tamoyilimiz: «Bank mijoz uchun ishlaydi». Aynan shu tamoyil Asakabankka bo‘lgan ishonch va barqaror muvaffaqiyatning asosi bo‘ldi. Bugungi kunda kapitallashuv darajasi, aktivlarning o‘sish sur’ati va foyda keltirish bo‘yicha biz mamlakatning yetakchi banklari qatorida ishonchli odimlayapmiz.

Servis, ishonchlilik, ishonch: Asakabank premium banking kelajagini shakllantirmoqda
Jafar Saidov | Asakabank boshqaruvchi direktori
Hill

Yaqinda Fitch Ratings Asakabank reytingini oshirdi. Bu mijozlar uchun nimani anglatadi?

J. S.

Bu bizning barqarorligimiz va ishonchliligimiz tasdig‘idir. Reytingning ko‘tarilishi xalqaro bozorlarda yanada arzonroq moliyalashtirish imkoniyatlarini ochadi, bu esa pirovardida mijozlarga hamyonbop kreditlar va yangi mahsulotlarni taklif qilish imkonini beradi. Tadbirkorlar uchun bu tashqi iqtisodiy faoliyatdagi imkoniyatlarning kengayishi: savdoni moliyalashtirish, eksport va importni qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Hill

Ushbu reyting B2C xizmatlarini rivojlantirish uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratadi?

J. S.

Avvalo, xalqaro investitsiyalarni jalb qilish chakana mahsulotlar liniyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Biz ipoteka, iste’mol kreditlari, fintex-yo‘nalishlar va onlayn ekvayringni rivojlantiramiz. Reyting xalqaro to‘lov tizimlari va fintex-kompaniyalar bilan hamkorlikni osonlashtirib, mijozlar ishonchini yanada mustahkamlaydi.

Hill

Premium auditoriya uchun B2C mahsulotlari qatorini kengaytirishni rejalashtiryapsizmi?

J. S.

Ha. Navbatdagi qadam — yangi premium-ofisning ochilishidir. Bu mijozlar maksimal darajadagi qulay sharoitlarda, individual yondashuv va noyob mahsulotlardan foydalangan holda xizmat olishlari mumkin bo‘lgan makon bo‘ladi.

Hill

Bank bilan ham biznes, ham xususiy mijoz sifatida hamkorlik qilayotgan tadbirkorlar uchun maxsus shartlar bormi?

J. S.

Albatta. Biz ishbilarmonlar uchun kompleks yechimlar muhimligini tushunamiz, shuning uchun biznes-servislar va shaxsiy premium mahsulotlarni birlashtirgan maxsus paketlarni taklif etamiz. Bu mijozga maksimal qulaylikni his qilish imkonini beradi.

Hill

Asakabank xizmatlari transformatsiyasida raqamli texnologiyalar qanday rol o‘ynadi?

J. S.

Raqamli texnologiyalar Asakabank xizmatlari transformatsiyasida hal qiluvchi rol o‘ynab, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Zamonaviy raqamli yechimlarning joriy etilishi tufayli bank mahsulotlarini olish jarayonini yanada qulay va tezkor qilib, bank bo‘limiga shaxsan tashrif buyurish ehtiyojini minimallashtirdik. Ushbu transformatsiyada bank kartalariga alohida e’tibor qaratildi. Bugun ularni buyurtma qilish va yetkazib berish mobil ilova orqali amalga oshirilmoqda, bu esa mijozning bank bilan o‘zaro aloqasini ancha soddalashtiradi. Bundan tashqari, bank o‘z protsessingiga ega, bu esa operatsiyalarga ishlov berishning yuqori tezligi va to‘lov xizmatlarining ishonchliligini ta’minlaydi. Yaqin vaqt ichida biz to‘lov vositalarini oddiy to‘lov instrumentidan turmush tarzining ajralmas qismiga aylantiradigan.

Hill

Asakabankda eksklyuziv shartlardagi ipoteka kreditlari mavjud. Ularning afzalligi nimada?

J. S.

Yaqinda biz NRG kompaniyasi bilan kelishuv imzoladik va ushbu hamkorlik asosida moslanuvchan ipoteka yechimini taqdim etdik. U yosh mutaxassislarimizdan iborat jamoa tomonidan ishlab chiqildi. Biz bankning eng yaxshi tajribasini to‘plab, xonadon tanlashdan tortib rasmiylashtirishgacha bo‘lgan shaffof va aniq mijoz marshrutini yaratdik — barchasi ochiq-oydin jarayonlar va aniq muddatlar asosida amalga oshiriladi.

Hill

Mastercard va Asakabank hamkorligining rivojlanishini qanday baholaysiz hamda premium kartalarning ishga tushirilishi ushbu aloqalar evolyutsiyasida qanday rol o‘ynadi?

D. F.

Ikki o‘nyillikdan ortiq vaqt davomida bizning hamkorligimiz oddiy kartalardan tortib, servis sifati va xalqaro imkoniyatlarga yuqori talab qo‘yadigan mijozlarga mo‘ljallangan premium mahsulotlargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 2023-yilda Asakabank Mastercard World Black Edition kartasini chiqardi, 2025-yilda esa xalqaro darajadagi imtiyozlarni taqdim etuvchi Mastercard World Elite mahsuloti bilan qatorni kengaytirmoqda: LoungeKey biznes-zallari, Fast Track, 200 dan ortiq mamlakatda rouming, FlexiRoam e-sim servisidan bepul internet-trafik, sayohatlarni sug‘urtalash va butun dunyo bo‘ylab eksklyuziv takliflar shular jumlasidandir. Bugungi kunda premium kartalar — vaqtni qadrlovchi va har bir sayohatdan maksimal zavq olishni istovchilar uchun ajralmas qism (must-have) hisoblanadi. World Elite’ning ishga tushirilishi bankning premium segmentni rivojlantirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish va raqamli yechimlar sohasidagi pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan strategik yo‘nalishini aks ettiradi.

Servis, ishonchlilik, ishonch: Asakabank premium banking kelajagini shakllantirmoqda
Denis Filippov | Mastercard’ning O‘zbekistondagi bosh menejeri
Hill

O‘zbekistonda premium bankingga qiziqish ortib bormoqda. Sizningcha, bugungi kunda moliya sohasida hashamat va maqom tushunchasi qanday o‘zgarmoqda?

D. F.

Bugungi kunda moliya sohasida hashamat yangi shakllarga ega bo‘lmoqda. Mijozlarning aksariyati premiumlikni tashqi atributlar sifatida emas, balki qulaylik, personallashtirish, barqarorlik va yorqin taassurotlar sifatida qabul qilmoqdalar. Maqom — bu endi shunchaki premium karta emas, balki mijoz o‘zini ishonchli, himoyalangan va hurmatda his qiladigan ekotizimga kirish imkoniyatidir. Zamonaviy premium banking — bu mablag‘larni dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarish va hayotni haqiqatan ham qulayroq qiladigan servisga ega bo‘lish demakdir. Maqom endi namoyishkoronaliqdan tajribaga, tashqi ko‘rinishdan ichki teranlikka o‘tishga aylandi va O‘zbekistondagi ko‘plab mijozlar aynan shu yo‘lni tanlamoqdalar.

Hill

Mastercard raqamli yechimlarni faol rivojlantirmoqda. Mamlakat to‘lov bozorining kelgusi o‘sishi uchun qaysi innovatsiya va texnologiyalarni muhim deb hisoblaysiz?

D. F.

Asosiy yo‘nalish Digital First bo‘lib qolmoqda — bunda bank bilan o‘zaro aloqa mobil qurilma atrofida quriladi. Karta bir zumda chiqariladi, uning ma’lumotlari faqat ilovada mavjud bo‘ladi, bu esa xavfsizlik va qulaylikni oshiradi. O‘zbekistonda Asakabank ushbu sertifikatni qo‘lga kiritgan yagona bankdir. Bozor o‘sishini tokenizatsiya texnologiyalari, raqamli identifikatsiya va personallashtirilgan takliflar belgilab beradi. Mastercard «Raqamli mamlakat» hamkorligi doirasida banklar va davlat tuzilmalari bilan faol hamkorlik qilib, fintex, elektron tijorat va mobil yechimlarni rivojlantirmoqda. Bu raqamli mahsulotlarni butun mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar uchun xavfsizroq, moslanuvchan va qulayroq qilish imkonini beradi.

Servis, ishonchlilik, ishonch: Asakabank premium banking kelajagini shakllantirmoqda
Premium toifadagi Mastercard World Elite metal veneer kartasi
Hill

Mastercard World Elite Veneer kartasining boshqa premium mahsulotlardan o‘ziga xosligi nimada?

J. S.

Karta metalldan ishlangan bo‘lib, kundalik foydalanishda juda qulay va kontaktsiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu Mastercard’ning flagman mahsuloti bo‘lib, moliyaviy yechimlardan tortib, layfstayl-servislar va telemeditsinagacha bo‘lgan eksklyuziv imtiyozlar paketi bilan birga taqdim etiladi. Biz shunchaki to‘lov vositasini yaratishni emas, balki uni mijozning premium turmush tarzining bir qismiga aylantirishni maqsad qilganmiz.

Hill

Karta egasi O‘zbekistonda va uning tashqarisida qanday eksklyuziv afzalliklarga ega bo‘ladi?

J. S.

Mastercard World Elite Veneer — butun dunyo bo‘ylab eksklyuziv imkoniyatlar eshigini ochuvchi chinakam global servisdir. Karta egalari aeroportlardagi 1 600 dan ortiq biznes-zallarga cheksiz kirish va Fast Track xizmatidan foydalanishlari mumkin. Toshkent xalqaro aeroportidagi Mastercard Lounge’ga kirish huquqi esa ular uchun alohida imtiyozdir. Shuningdek, sayohatlar davomida bepul internet (yiliga 15 kunga 3 GB), karta egasi va uning oila a’zolari uchun 1,5 million dollargacha sug‘urta qoplamasi, xorijdagi xaridlar uchun 20 foizgacha keshbek hamda MyTaxi safarlari uchun 30 foizli chegirma taqdim etiladi. Kartaga Toshkentda aeroportga borish va qaytish uchun premium transfer, Asakabankda depozit yacheykasidan foydalanish imkoniyati, telemeditsina konsultatsiyalari va shaxsiy menejer xizmatlari ham kiritilgan. Mijozlar investitsion maslahatlar, bankning barcha filiallarida navbatsiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, poytaxtning eng sara restoranlarida maxsus chegirmalar va butun dunyo bo‘ylab noyob takliflarga ega bo‘ladilar. Biz asosiy urg‘uni eksklyuzivlik va kompleks yondashuvga qaratganmiz. Bu karta nafaqat moliyani, balki butun turmush tarzini boshqarish vositasiga aylanadi.

Servis, ishonchlilik, ishonch: Asakabank premium banking kelajagini shakllantirmoqda
Hill

Sizningcha, qaysi auditoriya ushbu kartadan foydalanishda ko‘proq yutadi — ishbilarmonlar, sayohatchilarmi yoki investorlar?

J. S.

Biz moliyaviy, investitsion va layfstayl-imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan mahsulot yaratdik. Ishbilarmonlar shaxsiy yechimlar va «bir qo‘ng‘iroq» xizmatini qadrlashadi. Sayohatchilar uchun yo‘ldagi qulaylik, aeroportlardan tezkor o‘tish va global sug‘urta muhim. Investorlar esa professional maslahatlar va kerakli vositalardan foydalanish imkoniyatini yuqori baholaydilar.

Hill

Sizning shioringiz: «Muvaffaqiyat drayveri!». Bu premium auditoriya bilan ishlashda qanday aks etadi?

J. S.

Biz uchun bu shunchaki balandparvoz so‘zlar emas, balki hayotiy falsafadir. Biz mijozlarimizning o‘z maqsadlariga erishishlarida ishonchli hamkor bo‘lishga intilamiz. Buning uchun shaxsiy xizmat ko‘rsatish, individual moliyaviy yechimlar va ularning yuksak maqomini ta’kidlovchi servisni taklif etamiz. Bu — qulaylik, ishonchlilik va innovatsiyalar uyg‘unligidir. Biz Asakabankning har bir mijozi bank unga ham biznesda, ham shaxsiy hayotda yangi cho‘qqilarni zabt etishda ko‘mak berayotganini his qilishini istaymiz.