• Biznes
  • Hayot tarzi
  • Madaniyat
  • Moda
  • Salomatlik
  • Texnologiyalar
  • Voqealar
  • HILL Gallery
  • Ekspeditsiyalar
  • Ko'rgazmalar
HILL StudioHILL ClubHILL Shop
  • Tahririyat
  • Kontaktlar
  • Vakansiyalar
  • Hamkorlar
  • Huquqiy hujjatlar
47.8
RUEN

Qidirish uchun so'z kiriting.

    Barcha natijalar
    47.8
    RUEN
    • Biznes
    • Hayot tarzi
    • Madaniyat
    • Moda
    • Salomatlik
    • Texnologiyalar
    • Voqealar
    • HILL Gallery
    • Ekspeditsiyalar
    • Ko'rgazmalar
    HILL StudioHILL ClubHILL Shop
    • Tahririyat
    • Kontaktlar
    • Vakansiyalar
    • Hamkorlar
    • Huquqiy hujjatlar

    Oferta

    [●] 2026-yildagi tahrir

    Ushbu hujjat «ABBA GLOBAL» masʼuliyati cheklangan jamiyatining (bundan buyon - «Maʼmuriyat») pullik Materiallar, Obuna, HILL jurnalining elektron va bosma sonlarini quyida bayon etilgan shartlarda sotib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish haqidagi ommaviy ofertasi (bundan buyon - «Oferta») hisoblanadi.

    Oferta Saytda https://hill.uz/terms manzilida joylashtirilgan HILL.uz Foydalanish shartlarining (bundan buyon - «Foydalanish shartlari») ajralmas qismi hisoblanadi. Bosh harf bilan boshlanadigan va ushbu Ofertada taʼriflanmagan atamalar Foydalanish shartlarida belgilangan maʼnoda qoʻllaniladi.

    1. Atamalar va taʼriflar

    1.1. «Oferta» - pullik Materiallar, Obuna, Elektron va Bosma sonlarni sotib olish shartlarini belgilovchi, barcha qoidalari va ilovalari bilan birga ushbu hujjat.

    1.2. «Sayt» - https://hill.uz manzilida joylashgan, barcha subdomen va boʻlimlarini oʻz ichiga olgan internet sayti boʻlib, «HILL» jurnalining elektron versiyasini (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatga olish raqami - 577110), shuningdek «HILL Media House» ommaviy axborot vositasini (Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatga olish raqami - 1721112) tarqatish platformasi hisoblanadi.

    1.3. «Maʼmuriyat» - Saytning egasi hamda «HILL» va «HILL Media House» ommaviy axborot vositalarining muassisi (nashriyotchisi) boʻlgan «ABBA GLOBAL» MChJ. Manzil: Toshkent shahri, Sofdil koʻchasi, «Tashkent INDEX» savdo majmuasi; STIR (INN): 311 413 563.

    1.4. «Xaridor» - Buyurtmani rasmiylashtiruvchi va/yoki toʻlovchi Foydalanuvchi. Oferta muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga qaratilgan. Ziddiyatlarning oldini olish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar, shuningdek Maʼmuriyat mahsulotlarini uchinchi shaxslarga keyinchalik berish yoki tijorat maqsadlarida sotib oluvchi jismoniy shaxslar bilan munosabatlar Maʼmuriyat bilan tuziladigan alohida fuqarolik-huquqiy shartnomalar bilan tartibga solinadi.

    1.5. «Buyurtma» - Xaridor tomonidan Sayt funksionali orqali rasmiylashtirilgan, Oferta shartlarida Obuna, Elektron son, Bosma son, Taklifnoma va/yoki boshqa pullik Materialni sotib olish toʻgʻrisidagi bildirishnoma.

    1.6. «Obuna» - toʻlangan Hisob-kitob davri mobaynida Saytning muayyan Materiallar toʻplamiga kirish imkonini beruvchi pullik xizmat.

    1.7. «HILL Tadbiri» - Maʼmuriyat tomonidan tashkil etiladigan yoki oʻtkaziladigan tadbir (jumladan oflayn tadbir) boʻlib, uning ishtirokchilariga yopiq fotoalbomlarga kirish huquqi berilishi mumkin.

    1.8. «Hisob-kitob davri» - Obuna menyusida koʻrsatilgan, Obuna taqdim etiladigan va Xaridor tomonidan Buyurtmani rasmiylashtirishda tanlanadigan davr.

    1.9. «Avtomatik uzaytirish» - Obunani Ofertaning 6-boʻlimida belgilangan tartibda narxini avtomatik ravishda yechib olgan holda yangi Hisob-kitob davriga avtomatik ravishda uzaytirish.

    1.10. «Elektron son» - HILL jurnali alohida sonining elektron versiyasi boʻlib, Xaridorga koʻrish va/yoki yuklab olish uchun taqdim etiladi.

    1.11. «Bosma son» - HILL jurnali alohida sonining jismoniy nusxasi boʻlib, Xaridor tomonidan Sayt orqali keyinchalik yetkazib berish sharti bilan sotib olinadi.

    1.12. «Bir martalik Material» - Obunadan tashqari alohida haq evaziga sotib olinadigan alohida pullik Material (jumladan alohida Elektron son, Bosma son, maqola, maxsus loyiha).

    1.13. «Narx (Tarif)» - Buyurtma rasmiylashtirilgan paytda Saytning tegishli boʻlimida koʻrsatilgan Obuna, Elektron yoki Bosma son yoxud boshqa pullik Material narxi.

    1.14. «Toʻlov tizimi» - Xaridor toʻlovlarini qabul qilish va qayta ishlashni taʼminlovchi uchinchi shaxs xizmati.

    1.15. «Taklifnoma» - Sayt orqali sotib olinadigan (elektron shakldagi) hujjat boʻlib, uning egasining (ishtirokchining) tegishli HILL Tadbiriga tashrif buyurish huquqini tasdiqlaydi.

    1.16. «Yetkazib berish xizmati» - Maʼmuriyat tomonidan jalb qilinadigan, Bosma sonlarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi uchinchi shaxs.

    1.17. «Shaxsiy kabinet» - Xaridorning Saytdagi shaxsiy boʻlimi boʻlib, roʻyxatdan oʻtgan va avtorizatsiyadan soʻng foydalanish mumkin.

    2. Umumiy qoidalar. Oferta predmeti

    2.1. Oferta pullik Materiallar, Obuna, Elektron va Bosma sonlarni Sayt orqali, shuningdek HILL Tadbirida ishtirok etish uchun Taklifnomalarni sotib olish, toʻlash, taqdim etish va qaytarish shartlari hamda tartibini belgilaydi.

    2.2. Oferta Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va 369-moddalariga muvofiq ommaviy oferta hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 360-moddasiga muvofiq qoʻshilish shartnomasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonunining (2022-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-792-son) 16-moddasida belgilangan elektron tijoratdagi ofertaga qoʻyiladigan talablar bajarilgan deb hisoblanadi.

    2.3. Pullik Materiallar, Obuna, Elektron va Bosma sonlarni sotib olish Xaridor Foydalanish shartlarining 3-boʻlimida nazarda tutilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va avtorizatsiyadan oʻtgandan keyin mumkin.

    2.4. Pullik Materiallar va xizmatlarni sotib olish, toʻlash va qaytarish qismida Oferta Foydalanish shartlaridan ustunlikka ega. Qolgan qismda Tomonlarning munosabatlariga Foydalanish shartlari va uning boshqa ajralmas qismlari (Maxfiylik siyosati, Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik, Materiallardan foydalanish litsenziyasi) qoʻllaniladi. Ushbu Ofertaning 2.1-bandiga muvofiq koʻrsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarga nisbatan ushbu Ofertaga uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida qoʻshimchalar qabul qilinishi mumkin.

    2.5. Ofertaning amaldagi tahriri Saytda joylashtiriladi. Maʼmuriyat Ofertani uning 12-boʻlimida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirishga haqli.

    3. Ofertani aksept qilish. Shartnoma tuzish

    3.1. Xaridorning quyidagi harakatlari majmui Ofertaning aksepti (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq uning shartlarini toʻliq va soʻzsiz qabul qilish) hisoblanadi: Sayt funksionali orqali Buyurtmani rasmiylashtirish va uni toʻlash.

    3.2. Aksept qilingan paytdan eʼtiboran Maʼmuriyat va Xaridor oʻrtasida tegishli Buyurtma boʻyicha shartnoma Buyurtma rasmiylashtirilgan paytda amalda boʻlgan Oferta shartlarida tuzilgan deb hisoblanadi.

    3.3. Buyurtmani rasmiylashtirish va toʻlashdan oldin Xaridor Oferta shartlari, Narx, sotib olinayotgan Materiallarning tarkibi va ularga kirish muddati, shuningdek Bosma sonlarga nisbatan - yetkazib berish shartlari va muddatlari bilan tanishib chiqishi shart. Buyurtmani rasmiylashtirish va toʻlash Xaridor koʻrsatilgan shartlar bilan tanishganini va ularga rozi ekanini anglatadi.

    3.4. Buyurtmani rasmiylashtirar ekan, Xaridor oʻzi taqdim etgan maʼlumotlar (jumladan kontakt maʼlumotlari va yetkazib berish manzili) haqiqiy, toʻliq va dolzarb ekanini tasdiqlaydi.

    3.5. Buyurtmani bekor qilish faqat Maʼmuriyatning elektron pochtasiga bekor qilish sabablari va aynan nima qaytarilishi lozimligi koʻrsatilgan yozma murojaat yuborish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Maʼmuriyatning sotib olingan ayrim turdagi tovarlari yoki xizmatlarini qaytarish shartlari ushbu Ofertada keltirilgan.

    3.6. Amalga oshirilgan Buyurtmalar, sotib olingan Materiallar, Elektron sonlar, Obuna holati va Bosma son buyurtmalari haqidagi axborot Xaridorning Shaxsiy kabinetida aks ettiriladi.

    4. Pullik Materiallar va xizmatlar turlari

    4.1. Sayt orqali quyidagilar sotib olinishi mumkin:

    4.1.1. Obuna - toʻlangan Hisob-kitob davri mobaynida muayyan Materiallar toʻplamiga kirish imkoni (Ofertaning 6-boʻlimi);

    4.1.2. Elektron son - Obuna tarkibida yoxud Bir martalik Material sifatida (Ofertaning 7-boʻlimi);

    4.1.3. Bosma son - Obuna tarkibida yoxud Bir martalik Material sifatida, Foydalanuvchiga Buyurtmani rasmiylashtirishda u koʻrsatgan manzil boʻyicha keyinchalik yetkazib berish sharti bilan (8-boʻlim);

    4.1.4. Taklifnomalar - shartlarga muvofiq muayyan HILL Tadbiriga kirishni taʼminlaydi (9-boʻlim);

    4.1.5. boshqa Bir martalik Materiallar - agar ularni sotib olish Sayt funksionalida nazarda tutilgan boʻlsa, alohida maqolalar, maxsus loyihalar va h.k.

    4.2. Har bir turdagi pullik Materiallar va xizmatlarning tarkibi, Narxi, Hisob-kitob davri va ularga kirish muddati Buyurtma rasmiylashtirilgan paytda Saytning tegishli boʻlimlarida koʻrsatiladi.

    4.3. Obuna toʻlangan Hisob-kitob davri mobaynida muayyan Materiallar toʻplamiga kirish imkonini beradi va Materiallarning aniq roʻyxatini doimiy foydalanishga sotib olish hisoblanmaydi. Obuna boʻyicha foydalanish mumkin boʻlgan Materiallar tarkibi Maʼmuriyatning xohishiga koʻra yoxud huquq egalarining talabiga binoan oʻzgarishi mumkin (Materiallar qoʻshilishi, yangilanishi, arxivlanishi, oʻchirilishi yoki foydalanib boʻlmaydigan holga kelishi mumkin). Bunday oʻzgarishlar xizmatni lozim darajada koʻrsatmaslik hisoblanmaydi va pul mablagʻlarini qaytarish uchun asos boʻlmaydi.

    4.4. Maʼmuriyat istalgan vaqtda pullik Materiallar va xizmatlarning roʻyxati, Narxi va rasmiylashtirilishini oʻzgartirishga haqli. Oʻzgarishlar allaqachon toʻlangan Buyurtmalarga tatbiq etilmaydi: toʻlangan Buyurtma shartlari Buyurtma rasmiylashtirilgan paytda amalda boʻlgan Oferta tahriri va Tarif bilan belgilanadi, Avtomatik uzaytirish shartlari bundan mustasno (Ofertaning 6.5-bandi).

    5. Narx va toʻlov tartibi

    5.1. Narx Saytda Oʻzbekiston Respublikasi soʻmida koʻrsatiladi va, agar Saytda oʻzgacha toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, soliqlarni oʻz ichiga oladi.

    5.2. Buyurtma uchun toʻlov naqd pulsiz tartibda Toʻlov tizimi orqali Saytda mavjud boʻlgan usullarda amalga oshiriladi. Saytda keltirilgan Maʼmuriyatning har qanday xizmati uchun toʻlov oldindan toʻlov shaklida amalga oshiriladi.

    5.3. Toʻlovlarni qayta ishlash Toʻlov tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Maʼmuriyat Xaridor toʻlov vositalarining toʻliq rekvizitlarini olmaydi va saqlamaydi. Toʻlovni amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlar, jumladan, tegishli Toʻlov tizimining qoidalari bilan tartibga solinadi.

    5.4. Xaridorning toʻlov boʻyicha majburiyati pul mablagʻlari Maʼmuriyatning hisobraqamiga kelib tushgan paytdan (yoxud, agar qoʻllanilsa, toʻlov Toʻlov tizimi tomonidan tasdiqlangan paytdan) eʼtiboran bajarilgan deb hisoblanadi.

    5.5. Toʻlov yetarli boʻlmagan, notoʻgʻri boʻlgan yoki tasdiqlanmagan taqdirda Buyurtma rasmiylashtirilmagan deb hisoblanadi, Materiallarga kirish imkoni berilmaydi, Bosma son ishlab chiqarishga/yetkazib berishga topshirilmaydi.

    5.6. Maʼmuriyat Narx va xizmat koʻrsatish shartlarini vaqtincha oʻzgartiruvchi aksiyalar oʻtkazishga va chegirmalar berishga haqli. Aksiyalar shartlari Maʼmuriyat tomonidan belgilanadi va u koʻrsatgan muddat davomida amal qiladi.

    5.7. Amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha Xaridorga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda elektron hujjat (chek/kvitansiya) taqdim etiladi.

    6. Obuna. Avtomatik uzaytirish

    6.1. Obuna Xaridor tomonidan Buyurtmani rasmiylashtirishda tanlangan Obunaning Hisob-kitob davri muddatiga rasmiylashtiriladi. Obuna doirasida Materiallarga kirish imkoni toʻlov tasdiqlangan paytdan eʼtiboran beriladi va toʻlangan Hisob-kitob davri tugaguniga qadar amal qiladi.

    6.2. Obuna va Avtomatik uzaytirishni boshqarish Xaridor tomonidan Shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi.

    6.3. Agar Obunani rasmiylashtirishda Xaridor Avtomatik uzaytirish rejimini mustaqil ravishda oʻchirmagan boʻlsa, joriy Hisob-kitob davri tugagach Obuna keyingi shunday Hisob-kitob davriga avtomatik ravishda uzaytiriladi, tegishli Narx esa Xaridorning bogʻlangan toʻlov vositasidan avtomatik ravishda yechib olinadi. Avtomatik uzaytirishli Obunani rasmiylashtirar ekan, Xaridor bunday davriy yechib olishga rozilik beradi.

    6.4. Xaridor istalgan vaqtda Shaxsiy kabinet orqali Avtomatik uzaytirishni oʻchirishga haqli. Navbatdagi yechib olish sanasidan oldin amalga oshirilgan Avtomatik uzaytirishni oʻchirish keyingi avtomatik uzaytirishlar va yechib olishlarni toʻxtatadi; bunda avval toʻlangan Obuna toʻlangan Hisob-kitob davri oxirigacha amal qiladi.

    6.5. Navbatdagi uzaytirish narxi tegishli uzaytirish sanasida amalda boʻlgan Tarif bilan belgilanadi. Avtomatik uzaytirishda qoʻllaniladigan Narx oʻzgarishi haqida Maʼmuriyat Xaridorni Foydalanish shartlarining 8-boʻlimida belgilangan tartibda oldindan xabardor qiladi. Agar Xaridor yangi Narx bilan rozi boʻlmasa, u navbatdagi yechib olish sanasiga qadar Avtomatik uzaytirishni oʻchirishga haqli.

    6.6. Yechib olishning imkoni boʻlmagan taqdirda (mablagʻ yetarli emasligi, karta amal qilish muddatining tugashi va h.k.) Avtomatik uzaytirish amalga oshirilmaydi, Obuna boʻyicha kirish imkoni esa toʻlangan Hisob-kitob davri tugashi bilan toʻxtatiladi. Maʼmuriyat yechib olishga qayta urinishlar qilishga va/yoki Xaridorni xabardor qilishga haqli.

    6.7. Obuna boʻyicha foydalanish mumkin boʻlgan Materiallar tarkibini oʻzgartirish Ofertaning 4.3-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    7. Elektron sonlar va boshqa Bir martalik Materiallar

    7.1. Toʻlangan Elektron son va boshqa Bir martalik Materiallarga kirish imkoni toʻlov tasdiqlangan paytdan eʼtiboran Shaxsiy kabinet orqali beriladi.

    7.2. Bir martalik sotib olingan Elektron son Xaridorga muddatsiz taqdim etiladi, bunda Elektron sonni yuklab olish imkoniyati va tartibi Sayt funksionali bilan belgilanadi. Xaridor Elektron sonni sotib olgandan keyin uni Saytdan mustaqil ravishda yuklab olishi lozim. Agar Xaridor Shaxsiy kabinetga kirish imkonini yoʻqotgunga qadar Elektron sonni yuklab olmagan boʻlsa, Maʼmuriyat Xaridorning sotib olingan Elektron songa kirish imkonini yoʻqotishi uchun javobgar boʻlmaydi.

    7.3. Shaxsiy kabinet orqali taqdim etiladigan Bir martalik Materiallarga kirish imkoni hisob yozuvi Foydalanish shartlarining 3-boʻlimida nazarda tutilgan tartibda oʻchirilganda toʻxtatiladi. Agar Sayt funksionalida yuklab olish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa, Xaridorga bunday Materiallarni oldindan saqlab qoʻyish (yuklab olish) tavsiya etiladi.

    7.4. Elektron son va boshqa Bir martalik Materiallar raqamli mahsulotlar (intellektual faoliyat natijalari) hisoblanadi. Ularga kirish imkonini berish mutlaq huquqlarni topshirish hisoblanmaydi; Xaridor Materiallardan Foydalanish shartlari va Materiallardan foydalanish litsenziyasida belgilangan doirada foydalanish huquqini oladi.

    8. Bosma sonlar. Yetkazib berish

    8.1. Bosma son Sayt orqali Xaridor koʻrsatgan manzil boʻyicha keyinchalik yetkazib berish sharti bilan sotib olinadi.

    8.2. Yetkazib berish narxi, mavjud usullar va yetkazib berish hududi, shuningdek taxminiy yetkazib berish muddatlari Buyurtmani rasmiylashtirishda Saytda koʻrsatiladi. Yetkazib berish narxi Bosma son narxiga kiritilmaydi, alohida hisoblanadi va toʻlanadi. Yetkazib berish faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi.

    8.3. Xaridor yetkazib berishning toʻliq va haqiqiy manzilini hamda kontakt maʼlumotlarini koʻrsatishi shart. Maʼmuriyat Xaridor tomonidan haqiqiy boʻlmagan yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilishi yoxud Xaridorning (qabul qiluvchining) kelishilgan yetkazib berish joyida boʻlmasligi sababli yetkazib berishning bajarilmasligi yoki kechiktirilishi uchun javobgar boʻlmaydi.

    8.4. Yetkazib berish Yetkazib berish xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Yetkazib berish muddatlari taxminiy hisoblanadi va Yetkazib berish xizmati hamda boshqa uchinchi shaxslarga bogʻliq sabablarga koʻra oʻzgarishi mumkin.

    8.5. Bosma songa boʻlgan mulk huquqi va uning tasodifan nobud boʻlishi yoki shikastlanishi xatari Bosma son Xaridorga (qabul qiluvchiga) topshirilgan paytdan eʼtiboran Xaridorga oʻtadi.

    8.6. Bosma sonni qabul qilib olishda Xaridorga uning butligi, yaxlitligi va koʻrinadigan shikastlar yoʻqligini tekshirish tavsiya etiladi.

    9. HILL Tadbirlariga Taklifnomalar

    9.1. Taklifnoma Xaridorning Tadbirga tashrif buyurish huquqini tasdiqlaydi. Tadbirga tashrif buyurish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha servis (hamkorlar sovgʻalari, ovqatlanish, alkogolli ichimliklar va boshqalar) Taklifnoma Narxiga kiritilishi mumkin, bunda bu haqdagi axborot Taklifnomani sotib olishda unga berilgan izohlarga majburiy tartibda kiritiladi. Biror qoʻshimcha servis va uning narxi Taklifnoma Narxiga kiritilganligi haqida koʻrsatma yoʻqligi ushbu servis Xaridorlarga Tadbirda qoʻshimcha haq evaziga taqdim etilishini bildiradi.

    9.2. Tadbirning sanasi, joyi va dasturi, Taklifnomaning toifasi va Narxi (toifalar mavjud boʻlsa), shuningdek ishtirok etishning boshqa shartlari Saytda va/yoki Maʼmuriyat tomonidan qabul qilinadigan va eʼlon qilinadigan Tadbir haqidagi alohida hujjatda koʻrsatiladi (Foydalanish shartlarining 5-boʻlimi). Buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin Xaridor koʻrsatilgan shartlar bilan tanishib chiqishi shart.

    9.3. Taklifnoma Xaridorga elektron shaklda Shaxsiy kabinet orqali va/yoki u koʻrsatgan elektron pochta manziliga taqdim etiladi. Bosma Taklifnoma nazarda tutilmagan.

    9.4. Agar Taklifnoma shaxsga doir (ismli) boʻlsa, Tadbirga tashrif buyurish huquqi unda koʻrsatilgan shaxsga tegishli; agar Tadbir shartlarida oʻzgacha nazarda tutilmagan boʻlsa, Taklifnomani uchinchi shaxslarga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

    9.5. Tadbirga kirish amaldagi Taklifnomani va, Maʼmuriyat talab qilganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatish orqali amalga oshiriladi. Bitta Taklifnoma bir kishining bir martalik kirish huquqini beradi.

    9.6. Maʼmuriyat Tadbir haqidagi alohida hujjatda Tadbirda ishtirok etish shartlarini (jumladan yosh cheklovlari, xulq-atvor qoidalari va xavfsizlik talablarini) belgilashga haqli. Maʼmuriyat koʻrsatilgan shartlarni buzayotgan shaxsni Tadbirga kiritmaslikka yoki Tadbirdan chiqarib yuborishga haqli; bu holda Taklifnoma narxi qaytarilmaydi.

    9.7. Taklifnomani sotib olish va Tadbirda ishtirok etish Xaridorni HILL Tadbirining ishtirokchisiga aylantiradi. Tadbirning yopiq fotoalbomlariga kirish va Xaridorning qiyofasidan (tasviridan) foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarga Foydalanish shartlarining 5-boʻlimi qoʻllaniladi.

    9.8. Tadbirni bekor qilish, koʻchirish va qaytarish.

    9.8.1. Tadbir Maʼmuriyat tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda Xaridor oʻz tanloviga koʻra Taklifnomaning toʻliq narxini qaytarib olishga yoxud, agar bu Maʼmuriyat tomonidan taklif etilgan boʻlsa, Taklifnomani koʻchirilgan yoki boshqa Tadbirda ishtirok etishga almashtirishga haqli.

    9.8.2. Tadbir koʻchirilgan taqdirda (sanasi va/yoki joyi oʻzgartirilganda) Xaridor yangi shartlardagi Tadbir uchun amal qiluvchi Taklifnomani saqlab qolishga yoxud ishtirok etishdan voz kechib, Taklifnoma narxini qaytarib olishga haqli.

    9.8.3. Xaridor oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishdan voz kechgan taqdirda (Tadbir bekor qilinmagan yoki koʻchirilmagan boʻlsa), agar murojaat Tadbir sanasidan kamida 15 (oʻn besh) kalendar kun oldin kelib tushgan boʻlsa, qaytarish toʻliq hajmda amalga oshiriladi. Qaytarish toʻgʻrisida kechroq muddatda murojaat qilinganda Taklifnoma narxi qaytarilmaydi.

    9.8.4. Xaridor (ishtirokchi) Tadbirga kelmagan taqdirda, kelmaslik sabablaridan qatʼi nazar, Taklifnoma narxi qaytarilmaydi, Taklifnoma tiklanmaydi va qaytarilmaydi.

    9.8.5. Ushbu boʻlim boʻyicha pul mablagʻlarini qaytarish Ofertaning 10.3-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu boʻlim Xaridor-isteʼmolchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquqlarini cheklamaydi.

    10. Majburiyatlarni bajarish payti. Pul mablagʻlarini qaytarish

    10.1. Elektron sonlar, Bir martalik Materiallar va Obuna boʻyicha kirish (raqamli mahsulotlar va xizmatlar).

    10.1.1. Maʼmuriyatning Elektron son, Bir martalik Material yoki Obunaga kirish imkonini berish boʻyicha majburiyati Xaridorga Shaxsiy kabinet orqali tegishli kirish imkoni berilgan paytdan eʼtiboran lozim darajada bajarilgan deb hisoblanadi.

    10.1.2. Raqamli mahsulotlar va xizmatlarning xususiyatlari munosabati bilan, kirish imkoni allaqachon berilgan lozim darajadagi sifatli Elektron son, Bir martalik Material yoki Obuna uchun pul mablagʻlari qaytarilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

    10.1.3. Xaridor lozim darajadagi sifatli Obunadan muddatidan oldin voz kechgan taqdirda (jumladan hisob yozuvi Xaridor tashabbusi bilan oʻchirilganda) toʻlangan pul mablagʻlari Hisob-kitob davridagi Xaridorga xizmat amalda koʻrsatilgan kunlar soniga qarab qayta hisob-kitob qilish yoʻli bilan qaytariladi.

    10.1.4. Agar toʻlangan raqamli mahsulot yoki xizmatga kirish imkoni Maʼmuriyat aybi bilan berilmagan yoxud lozim darajada boʻlmagan sifatda berilgan va kamchilik oqilona muddatda bartaraf etilmagan boʻlsa, Xaridor oʻz tanloviga koʻra kirish imkonini qayta berishni/kamchilikni bartaraf etishni yoxud tegishli Material yoki Obunaning foydalanilmagan qismi uchun toʻlangan summani qaytarishni talab qilishga haqli.

    10.2. Bosma sonlar (tovar).

    10.2.1. Bosma son yetkazib berishga topshirilgan paytga qadar Xaridor Bosma son Buyurtmasidan voz kechishga haqli; toʻlangan summa Maʼmuriyat tomonidan amalda qilingan xarajatlar (agar mavjud boʻlsa) chegirilgan holda qaytariladi.

    10.2.2. Lozim darajada boʻlmagan sifatli Bosma son (nuqsonli, shikastlangan, butlanmagan) topshirilganda Xaridor Oʻzbekiston Respublikasining «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanishga, jumladan almashtirishni yoxud toʻlangan summani qaytarishni talab qilishga haqli. Lozim darajada boʻlmagan sifatli tovarni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Maʼmuriyat qoplaydi.

    10.2.3. Lozim darajadagi sifatli Bosma sonni qaytarish yoki almashtirish Oʻzbekiston Respublikasining «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunining 18-moddasida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda (tovar koʻrinishi, isteʼmol xususiyatlari saqlangan, shuningdek xaridni tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda), qaytarilishi yoki almashtirilishi lozim boʻlmagan lozim darajadagi sifatli tovarlar Roʻyxatini (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bosma sonni Maʼmuriyat joylashgan joyga qadar yetkazishni Xaridor oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan amalga oshiradi.

    10.3. Qaytarish tartibi.

    10.3.1. Pul mablagʻlarini qaytarish uchun Xaridor info@hillmagazine.ru manziliga Buyurtma haqidagi maʼlumotlarni (sana, tarkib, operatsiyani identifikatsiya qilish uchun zarur toʻlov maʼlumotlari) koʻrsatgan holda murojaat yuboradi.

    10.3.2. Agar Tomonlar tomonidan oʻzgacha kelishilmagan va qonunchilikka zid boʻlmasa, pul mablagʻlarini qaytarish toʻlov qanday usulda amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha usulda, talab asosli deb topilgan paytdan eʼtiboran 1 oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. Mablagʻning amalda hisobga oʻtkazilish muddati Toʻlov tizimi va Xaridorning bankiga bogʻliq.

    10.3.3. Ushbu boʻlim Xaridor-isteʼmolchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquqlarini cheklamaydi.

    11. Tomonlarning javobgarligi

    11.1. Oferta boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar Foydalanish shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi.

    11.2. Maʼmuriyat Xaridor tomonidan haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etilishi, Toʻlov tizimi, Yetkazib berish xizmati yoki boshqa uchinchi shaxslarning harakatlari, shuningdek yengib boʻlmaydigan kuch holatlari sababli xizmatlar koʻrsatish yoki yetkazib berishning imkoni boʻlmasligi uchun javobgar boʻlmaydi.

    11.3. Xaridor Oferta yoki Foydalanish shartlarini buzgan va uning Shaxsiy kabineti bloklangan/oʻchirilgan taqdirda, u sotib olgan xizmatlar narxi qaytarilmaydi.

    12. Ofertaning amal qilish muddati va uni oʻzgartirish

    12.1. Oferta Saytda joylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va u chaqirib olinguniga yoki yangi tahrir bilan almashtirilguniga qadar amal qiladi.

    12.2. Maʼmuriyat istalgan vaqtda Ofertani bir tomonlama tartibda oʻzgartirishga haqli. Agar Ofertaning oʻzida oʻzgacha koʻrsatilmagan boʻlsa, yangi tahrir Saytda joylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.

    12.3. Allaqachon toʻlangan Buyurtmalarga ular rasmiylashtirilgan paytda amalda boʻlgan Oferta tahriri qoʻllaniladi, Avtomatik uzaytirish shartlari bundan mustasno (Ofertaning 6.5-bandi).

    13. Yakuniy qoidalar

    13.1. Oferta Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi. Oferta bilan tartibga solinmagan masalalar Foydalanish shartlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

    13.2. Nizolarni hal qilishning talabnoma (sudgacha) tartibi majburiy hisoblanadi. Talabnomaga javob berish muddati - 15 (oʻn besh) ish kuni. Nizoni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishning imkoni boʻlmaganda nizo Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi lozim.

    13.3. Ofertaning alohida qoidasining haqiqiy emas deb topilishi qolgan qoidalarning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.

    13.4. Oferta oʻzbek, rus va ingliz tillarida tuzilgan. Versiyalar oʻrtasida tafovutlar boʻlgan taqdirda, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining imperativ talablaridan oʻzgacha kelib chiqmasa, rus tilidagi versiya ustunlikka ega.

    14. Maʼmuriyatning rekvizitlari

    «ABBA GLOBAL» masʼuliyati cheklangan jamiyati

    Manzil: Toshkent shahri, Sofdil koʻchasi, «Tashkent INDEX» savdo majmuasi · STIR (INN): 311 413 563 · Telefon raqami: [●]

    Buyurtmalar boʻyicha murojaatlar, savollar va talabnomalarni Xaridor Saytda koʻrsatilgan kontakt maʼlumotlari orqali yoxud info@hillmagazine.ru manzili orqali yuboradi.

    HILL. O‘zbekistonga hashamatli nigohingiz
    HILL bilan bo'ling

    Ruknlar
    • Biznes
    • Hayot tarzi
    • Madaniyat
    • Moda
    • Salomatlik
    • Texnologiyalar
    • Voqealar
    • Jurnalni sotib olish
    Loyihalar
    • HILL Gallery
    • Ekspeditsiyalar
    • Ko'rgazmalar
    • HILL Club
    • HILL Studio
    HILL Shop
    • Yangi son
    • Arxiv
    • Obuna
    • Yetkazib berish va to'lov
    HILL Info
    • Tahririyat
    • Kontaktlar
    • Vakansiyalar
    • Hamkorlar
    • Huquqiy hujjatlar
    • Instagram
    • Telegram
    • YouTube

    © 2026 Hill Uzbekistan, barcha huquqlar himoyalangan

    • Maxfiylik siyosati
    • Cookie siyosati
    • Foydalanish shartlari

    Biz cookie'dan foydalanamiz

    Biz o'qish tajribangizni yaxshilash, afzalliklaringizni eslab qolish va eng qiziqarli materiallarni ko'rsatish uchun cookie va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanamiz. Saytdan foydalanishda davom etib, siz Maxfiylik siyosati va Cookie siyosati shartlariga rozilik bildirasiz.

    Cookie sozlamalari

    • Sayt ishlashi uchun kerak, ularni o'chirib bo'lmaydi.

    • Tashriflar statistikasini yig'ish va saytni yaxshilashga yordam beradi.

    • Qiziqishlaringizga mos reklamani ko'rsatish uchun ishlatiladi.