Sigara va jaz jozibasi: Avo Uvezian tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan oqshom

Bashar
Foto: Sarik Sadriyev
Jaz notalarga bogʻlanmagan holda ijro etiladi — u mutlaq improvizatsiya va erkinlik timsolidir. Sigaralar ham deyarli shunday: ularning ifori qatlam-qatlam boʻlib — tuproq va daraxt xidiidan tortib, ziravorlar, charm va iliq shokolad ichimligigacha namoyon boʻladi. Bu iforning nechogʻli kuchli sezilishi esa eng asosiy narsaga — muhit va atrofingizdagi insonlarga bogʻliq.
Toshkentda oʻtkaziladigan jaz festivali arafasida Cigar Academy Uz yopiq klubi HILL UZBEKISTAN va Legion bilan hamkorlikda mashhur pianinochi, bastakor hamda afsonaviy AVO sigara brendi asoschisi Avo Uvezian tavalludining yuz yilligiga bagʻishlangan yopiq davradagi oqshom tashkil etdi.
Nachalo sharob restoranida xuddi kinolardagidek manzara aks etdi: oqshomning mayin nuri, qadahlar, osuda suhbatlar va tamakining nozik ifori. HILL UZBEKISTAN egasi Alsu Basharning tabrik nutqi ushbu kayfiyat bilan uygʻunlashib ketdi — u klubga rivoj va ravnaq tilarkan, taʼm, musiqi va insonlar bir ritmda birlashadigan bunday uchrashuvlar yanada koʻpayishiga umid bildirdi.
Musiqiy dasturni mamlakatning eng mahoratli jaz jamoalaridan biri — pianinochi Sanjar Nafikov rahbarligidagi Jazzirama guruhi taqdim etdi. Dastur davrlar muloqoti tarzida tuzilgan boʻlib, unda XX asrning 40–70-yillari klassikasidan tortib, Avo Uvezianning Legacy albomidagi asarlarigacha yangradi. Butun dunyo Frenk Sinatra ijrosi orqali yaxshi taniydigan, biroq asl muallifi Avo boʻlgan Strangers in the Night kompozitsiyasi kechaning eng hayajonli lahzalaridan biriga aylandi.
Oqshomning sigara qismi ham kam boʻlmadi. Mehmonlarga atigi 6 900 quti chiqarilgan AVO Expressions EL 2024 (RG 50 x 165 mm, Toro formati) cheklangan vitolasi taqdim etildi. Degustatsiya jarayoni Kult Sigar asoschisi Ali Albetkovning maestro hayoti va bugungi kunda Davidoff brendi tarkibiga kiruvchi markaning shakllanish tarixi haqidagi hikoyasi bilan davom etdi.
Tanaffus paytida oqshom yana bir yangicha tus oldi: Alisher Jabborov (Legion) mehmonlarga gastronomik hamrohlik sifatida Bushmills (Original, 10Y va 16Y) brendining uch xil tindirilgan ichimligini tanishtirdi. Ular AVO Expressions sigarasining mayin (qalov darajasi 5 dan 2) va muvozanatlashgan taʼmini oʻziga xos tarzda toʻldirdi.
Biroq sigara klubi oqshomlarining asosi dastur yoki musiqalar roʻyxati emas. Eng muhimi — kundalik tashvishlardan biroz chekinib, taʼm, sado va samimiy suhbatlar yagona ritmga birlashgan lahzadan chinakam zavq olish uchun kelgan insonlardir. Nazarimizda, Toshkentdagi yangi sigara mavsumi aynan mana shu ritm bilan boshlandi.
Ushbu maqola tamaki mahsulotlari yoki alkogol ichimliklarini reklama qilish yoxud targʻib etish maqsadini koʻzlamaydi. HILL jurnali chekish va spirtli ichimliklar isteʼmoliga qarshi.












