Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano

Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano
Foto: Stanislav Boyko

«Kuba — mening muhabbatim,

tonggi shafaq oroli.

Taralar qo‘shiq olamra —

Kuba — mening muhabbatim»

Muslim Magomayev

1963-yilda Toshkentga ozodlik, inqilob va, albatta, sigara timsoli bo‘lgan inson — Fidel Kastro tashrif buyurgan edi. O‘shanda O‘zbekiston ilk bor Kuba madaniyati bilan juda yaqin tanishgan. Bugun esa Ozodlik oroli bizga yanada yaqinroq bo‘ldi. Botayotgan quyoshning iliq nurlari ostida Akay City majmuasida sigara chekishni shunchaki odat emas, balki yuksak san’at va marosim deb biluvchilar jam bo‘lishdi. Shunday qilib, 3-iyun kuni O‘zbekistonda jahonga mashhur La Casa Del Habano franchizasining birinchi butigi va launj-bari ochildi. Ushbu voqea mamlakatda sigara madaniyatining yangi standartini belgilab berdi va premium-sigarani noyob vino yoki san’at asari kabi qadrlaydigan 60 dan ortiq haqiqiy afisionadolarni birlashtirdi. Bu ahil Cigar Academy Uz sigara klubi uchun munosib sovg‘a bo‘ldi!

Tantanali ochilish marosimini «Kult Sigar», La Casa Del Habano Tashkent va yopiq Cigar Academy Uz sigara klubi asoschisi Ali Albetkov, «Top Sigars Korporeyshen» kompaniyasi bosh direktori Mixail Smirnov hamda Habanos S.A. korporatsiyasi doirasidagi La Casa Del Habano franchizasi vakili Lurdes De La Noval o‘tkazib berdilar. Qizil lenta kesilgach, mehmonlar darhol Gavanadagi klub muhitiga sho‘ng‘idilar. Yarim qorong‘i launjda nafis peyring — sigaraning Moët & Chandon shampan vinosi bilan uyg‘unligidagi degustatsiyasi boshlandi. So‘ngra oqshom InterContinental Tashkent mehmonxonasining keng ayvoniga ko‘chdi. Kubalik xonanda Liyaning ovozi barchani g‘am-tashvishsiz Gavananing qaysidir bariga yetaklagandek bo‘ldi. Atrofingizda haqiqiy afisionadolar vitolalarni muhokama qilishmoqda, siz esa bunday nozik did bilan faqat unutilmas narsalar haqida gapirish mumkinligini anglaysiz. Xayolan 999-probali bir juft kryugerandlarni olasiz va mahobatli xyumidordan chiqarilgan kam bo‘lmagan darajadagi salobatli sigara bilan suhbatga qo‘shilasiz.

Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano
Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano
Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano
Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano
Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano

Nafis yoz oqshomi muhitida hayot nashidasi ayniqsa o‘zgacha seziladi va taassurotlarni yanada to‘ldirish — sigara, vino va musiqa sadosiga yana nimalardir qo‘shish istagi tug‘iladi. Oqshom hamkorlari mehmonlarni sovg‘asiz qoldirishmadi. Legion kompaniyasidan Alisher Jabborov nafis Hennessy shishasini mehmonlardan biriga topshirdi. Porsche’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Amankva Porsche reys-trekiga unutilmas sayohatni yutuq sifatida o‘ynadi. Kechaning axborot hamkori — HILL UZBEKISTAN jurnali esa intellektual hordiq, nafis uslub va sifatli taassurotlarni qadrlovchilar uchun yopiq HILL Club hamjamiyati ish boshlaganini e’lon qildi. Shuningdek, sovg‘alar o‘yinini ham tashkil etdi: HILL hamkorlaridan imtiyozlarga ega dastlabki VIP-obunalar, Italiya modasining eng yaxshi brendlarini taqdim etuvchi «Cashmere & Silk» butiklar tarmog‘idan lyuks-shoping uchun sertifikat o‘z egasini topdi.

«Sigara — bu zararli odat emas, balki noyob lazzat va ta’mdan bahra olishdir»: Ali Albetkov bilan suhbat

«Kult sigar» brendi va yopiq Cigar Academy Uz sigara klubi asoschisi Ali Albetkov sigara chekish madaniyati haqidagi qarashlari va Toshkentda La Casa Del Habano ochilishi u uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi bilan o‘rtoqlashdi.

Hill

Siz uchun sigara nima: shaxsiy ishtiyoqmi, biznesmi yoki falsafa?

A.A.

Bularning uyg‘unligi. 2010-yilga qadar sigara men uchun shunchaki qiziqish edi va asta-sekin ehtirosga aylandi. Biznes esa 2010-yilda Moskva-Siti markazidagi kichik sigara do‘konidan boshlangan bo‘lib, unga bu yil 15 yil to‘ladi. Keyin yana bir qancha loyihalar amalga oshirildi va ular yakunda Rossiyadagi yagona professional sigara depozitariysi — «Kult Sigar»ning yaratilishiga hamda 2021-yilda O‘zbekistonda Kuba sigaralari distribyutsiyasini boshqarishga olib keldi. Sigara falsafasi kategoriyasi, nazarimda, Habanos Master darajasini olganimda va sigaralar haqidagi bilimlarni o‘zim yetkaza olishimni anglaganimda paydo bo‘ldi. Lekin har doim o‘rganishda davom etaman.

Hill

La Casa Del Habano’ni aynan Toshkentda ochish g‘oyasi qanday tug‘ildi?

A.A.

Bu g‘oya o‘z-o‘zidan yuzaga keldi. Bu O‘zbekistonda sigara ishqibozlari soni ortib borayotgani va ko‘pchilikning ushbu madaniyatga, tarixga yanada chuqurroq kirib borish, sanoat rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot olish istagi bilan bog‘liq edi.

Hill

Ushbu loyiha orqali O‘zbekiston sigara madaniyatiga nima olib kirmoqchisiz?

A.A.

Asosiy g‘oya — nega aynan Kuba sigaralari bunday yuksak e’tirof va ta’mga ega ekanligini so‘zlab berishdir. O‘zbekistonliklar yoki mehmonlar, yangi boshlovchilar yoki tajribali degustatorlar, katta moliyaviy imkoniyat egalari yoki kamtarona byudjetga ega kishilar uchun sigaralarning maksimal darajada keng tanlovini taqdim etishni istaymiz. Men chin dildan ishonamanki, har qanday ishlaydigan voyaga yetgan inson, ayniqsa, klassik yoki elektron sigaretalar chekuvchilar, hech bo‘lmaganda vaqti-vaqti bilan o‘ziga sigara chekishni ijozat berishi mumkin. Sigaraning asosiy ustunligi shundaki, u butunlay tabiiy mahsulotdir va degustatsiya qilinganda tutun o‘pkaga yutilmaydi. Sigara — zararli odat yoki qaramlik emas, balki o‘ziga xos tabiiy ta’m mukofoti, bir kun, bir hafta yoki bir oy kutish mumkin bo‘lgan noyob lazzatdir.

Hill

Habanos bilan ilk tanishuv uchun qaysi sigaralarni tavsiya qilasiz?

A.A.

Distribyutor va sigara ishqibozi sifatida biroz noodatiy javob beraman. Agar siz hech qachon chekmagan bo‘lsangiz, boshlashning keragi yo‘q. Ammo chekish kimdir uchun allaqachon anglanmagan odatga aylangan bo‘lsa, u holda oyiga 1-2 ta sigara degustatsiya qilishni boshlash va buni o‘ziga xos an’anaga aylantirish, parallel ravishda sigaretalardan keladigan tutun yoki bug‘ga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish yaxshiroqdir. Yo‘lni unchalik o‘tkir bo‘lmagan, kichik formatdagi sigaralardan va tajribali afisionadolar «nazorati ostida» boshlash lozim. Shunda yangi boshlovchilarning xatolaridan qochish va maksimal darajada yoqimli va unutilmas tajribaga ega bo‘lish mumkin.

Hill

LCDH franchiza sifatida nimasi bilan o‘ziga xos?

A.A.

Habanos S.A. ushbu franchizani ochishga va Habanos madaniyatini qo‘llab-quvvatlashga loyiq deb topilgan aniq bir shaxsni tanlaydi, bu esa faqat LCDH’da sotiladigan maxsus va eksklyuziv sigara nashrlarini olish imkonini beradi. Eng qimmatli va qiziqarlisi — butun dunyo bo‘ylab atigi 300, 500, 700 dona adadda chiqariladigan sigarali kolleksion xyumidorlardir. Bu haqiqiy noyob nusxadir. Shuni ta’kidlash kerakki, LCDH franchizasi huquqini qo‘lga kiritishdan ko‘ra uni yo‘qotish ancha oson. Amal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator qat’iy qoidalar mavjud. LCDH unvoniga ega bo‘lish huquqi meros qilib qoldirilmaydi va loyihaning yangi egasiga sotilmaydi.

Kuba yaqinlashmoqda: Toshkentda La Casa Del Habano

HILL: Cigar

Hill

Academy haqida so‘zlab bersangiz: klub modeliga qanday keldingiz?

A.A.

Klub 2021-yil dekabr oyida Habanos Junior seminari bitiruvchilari asosida tashkil etilgan. Avvaliga u Telegram’dagi chat sifatida faoliyat yuritdi. 2022-yil fevral oyida birinchi yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi. Klub falsafasi 2022-yil yanvaridan beri o‘zgarmasdan kelayotgan qoidalarga rioya qilishni ko‘zda tutadi. Yangi a’zolar bu yerga faqat klub a’zolari — afisionadolarning tavsiyasi bilan qabul qilinadi. Hech qanday oylik yoki yillik yig‘imlar yo‘q — badallar faqat klub muntazam ravishda oyiga 1-2 marta o‘tkazadigan aniq tadbirlar uchun to‘lanadi. A’zolik ko‘plab afzalliklarni, jumladan, LCDH va «Kult Sigar Oybek» do‘konlarida sigaralarga chegirmalar, Toshkentdagi va boshqa joylardagi ayrim restoran, mehmonxona va barlarda menyuga chegirmalar, sigara festivallariga, shu jumladan Gavanadagi Habanos Festival’ga borish imkoniyatini beradi. Lekin asosiysi bu ham emas. Eng asosiysi — sigara ustidagi muloqotdir. Ishonch bilan ayta olamanki, 300 ga yaqin sigara ishqibozlari bir-birlari bilan yanada yaqinroq do‘stlashdilar va bir-birlarini yaxshiroq tanidilar.

Hill

Sizning butigingiz sigara sotiladigan boshqa nuqtalardan nimasi bilan farq qiladi?

A.A.

Guruhdagi har ikkala butik: La Casa Del Habano va «Kult Sigar» — hozircha respublikadagi asosiy ixtisoslashgan sigara butiklaridir. Ikkalasi ham faqat sigaralar, sigarillalar va aksessuarlarning (xyumidor javonlari, xyumidorlar, sigara kuldonlari, gilyotinalar, adabiyotlar va boshqalar) eng keng assortimentini sotishga yo‘naltirilgan. Har birida «walk-in humidor» deb ataladigan — sigaralar ma’lum harorat va namlikda saqlanadigan maxsus xona mavjud. «Kult Sigar» — O‘zbekistondagi sigaralarning 99 foizining rasmiy distribyutori, shuning uchun biz mahsulot muxlislari uchun qulay narx darajasini ta’minlay olamiz. Va eng muhimi — bu, albatta, jamoa. Bizning maslahatchilarimiz O‘zbekistonda eng yaxshilaridir!

Hill

Cigar Academy qanday rivojlanmoqda va ushbu hamjamiyatda sizni nima ilhomlantiradi?

A.A.

Klub tabiiy va muvozanatli tarzda o‘sib bormoqda. Ishtirokchilar sonining ortib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq klub a’zolarining sigara madaniyati bo‘yicha bilimlari chuqurlashayotgani, klub uchrashuvlarida va hamjamiyat a’zolarining tavsiyalari asosida degustatsiya qilingan «sigara bagaji» ancha muhimroqdir. Bu — bebaho tajriba, shaxsiy didni aniq anglash, shaxsiy kolleksiyalarning shakllanishi hamda jahon bo‘ylab sigara tadbirlariga va boshqa mamlakatlardagi hamfikrlarga mehmonga borishga bo‘lgan tayyorlikdir. Buni bemalol sigara hamjamiyati yetuklik darajasining sezilarli darajada yuksalishi deb atash mumkin!

Hill

Sizningcha, mintaqada sigara hamjamiyati oldida qanday istiqbollar ochilmoqda? Habanos vakili sifatida sizning maqsad va rejalaringiz qanday?

A.A.

O‘ylaymanki, Toshkent sigara madaniyati jihatidan jadal rivojlanmoqda. Yil yakuniga qadar hashamatli Davidoff butigi va launj-bari ochiladi, Tashkent City majmuasidagi Novikoff Café’da maxsus sigara xonasi paydo bo‘ladi hamda yangi mehmonxonalarda kamida ikkita sigara loyihasi ishga tushadi. Keyingi qadam — O‘zbekistonning yirik, jumladan, turistik shaharlari: Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Namangan va Andijonda ham sigara loyihalarini amalga oshirishdir.

Ushbu maqola tamaki yoki alkogol mahsulotlarini reklama qilish yoki targ‘ib etishga qaratilmagan. HILL UZBEKISTAN jurnali chekish va spirtli ichimliklar iste’moliga qarshi.