Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar

Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar

Bashar

Foto: Stanislav Boyko

Mana 2,5 yildirki, HILL UZBEKISTAN o‘zining unutilmas bazmlarini tashkil etish uchun munosib sabablar topib kelmoqda. Odatda yilning so‘nggi choragida o‘tkaziladigan ushbu tadbirlar o‘ziga xos samimiy muhiti, mahoratli san’atkorlari va eng saralangan mehmonlari bilan ajralib turadi. Navbatdagi uchrashuvga esa HILL UZBEKISTAN va Fashion TV o‘rtasidagi rasmiy hamkorlikning e’lon qilinishi asosiy bahona bo‘ldi.

Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar
Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar
Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar

Tantanali kecha Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining rooftop maydonida 80 dan ortiq mehmonni jamladi. Kirish qismida mehmonlarni Ereda brendining sumka va zargarlik buyumlari yangi kolleksiyasini namoyish etayotgan jonli manekenlar qarshi oldi. Martini asosidagi turli kokteyllar, gazaklar, issiq taomlar, MSA Winery brendining maxsus tanlangan mahalliy vinolari hamda Sette restaurant & bar restoranining mualliflik desertlari mayin DJ-set sadosi ostida oqshomga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Katryn Sky tomonidan ijro etilgan jaz taronalari va betakror Saya Musaning chiqishi shinamlik muhitini yanada boyitdi.

Kechaning kutilmagan sovg‘asi maxsus taklif etilgan mehmon — taniqli investitsiya strategi, bankir va bitkogan loyihasi asoschisi Yevgeniy Koganning ishtiroki bo‘ldi. U mehmonlar bilan O‘zbekistonning tashqi va ichki iqtisodiyoti mavzularida erkin muloqot qilib, o‘sha paytda AQSHdagi prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq bo‘lgan investitsiya prognozlari haqidagi savollarga javob berdi. Shunday qilib, bazmda ishbilarmonlik ruhiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Oqshomning eng hayajonli lahzasi yangi hamkorlar o‘rtasidagi sovg‘alar almashinuvi bo‘ldi. Fashion TV rahbari Mariya Lisovska Fashion TV’ning O‘zbekistondagi rasmiy elchisi va Ereda kreativ direktori Hayotbek Ismoilovga HILL brendi olmosini topshirdi. Shu tariqa, O‘zbekiston moda olami uchun istiqbolli hamkorlikka tantanali ravishda start berildi.

«Biz yangi sahifa ochmoqdamiz. Fashion TV va Mariya Lisovska bilan hamkorlikda O‘zbekistonni jahon sahnasiga olib chiqamiz. Butun dunyo ushbu mamlakatning haqiqiy go‘zalligiga guvoh bo‘ladi», - deya ta’kidladi HILL UZBEKISTAN loyihasi rahbari Alsu Bashar.

Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar
Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar
Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar
Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar
Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar
Hill Annual Party — yorqin insonlar intiqib kutadigan oqshomlar

Shuningdek, nashr tomonidan O‘zbekiston rivojiga munosib hissa qo‘shgan ishbilarmonlarga maxsus mukofotlar topshirildi. O‘zbekiston milliy hunarmandchiligi va an’analariga ehtirom ramzi sifatida ushbu mukofotlar mahalliy kulollar tomonidan oq loydan, yaponcha raku texnikasida aynan shu tadbir uchun maxsus tayyorlangan.

Kechaning yuqori saviyada o‘tishida nashr hamkorlari va yaqin do‘stlarining hissasi katta bo‘ldi. Dr. Vaisov estetik va lazer tibbiyot klinikasi hamda Water Rower premium trenajyorlar brendi tadbirning asosiy homiylari sifatida qatnashdi. Kashemir va Ipak butigi esa mehmonlarga hashamatli aksessuarlarni sovg‘a sifatida taqdim etdi. Bu e’tibor tufayli oqshom har bir ishtirokchi yodida muhrlanib qoldi.

HILL o‘z hamkorlari bilan birgalikda kuchli va munosib insonlarni yagona maydonda birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. HILL Annual Party ham aynan shuning uchun — ya’ni maslakdoshlar bir-birini yaqindan tanishi, qo‘llab-quvvatlashi, birga rivojlanishi va, albatta, madaniy hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi.