Moskva tibbiyoti: xalqaro turizmning yangi yo‘nalishi

Moskva o‘zini xalqaro tibbiy turizmning yangi global markazi sifatida jadal namoyon etmoqda. Rossiya poytaxti xorijiy bemorlarni nafaqat boy madaniy merosi, balki xalqaro standartlar darajasidagi yuqori sifatli tibbiy xizmati bilan ham jalb qilmoqda. Muhimi, bu yerdagi narxlar an’anaviy tibbiyot turizmi markazlaridagiga qaraganda ancha hamyonbopdir.
Yevropa tibbiyot markazi: Rossiya tibbiyotining yetakchisi
Mazkur soha rivojida Yevropada premium darajadagi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi eng yaxshi muassasa deb tan olingan Yevropa tibbiyot markazi (EMC) boshchilik qilmoqda. 1989-yilda asos solingan EMC bugungi kunda beshta ko‘p tarmoqli klinika, reabilitatsiya markazi hamda ayollar va bolalar salomatligi klinikasini o‘z ichiga olgan yirik tibbiyot xoldingidir. Rossiya, Yevropa va Isroildan kelgan 600 dan ortiq shifokordan iborat xalqaro jamoa 57 ta yo‘nalish bo‘yicha kompleks xizmat ko‘rsatadi. «Xorijlik bemorlar Moskvada xalqaro protokollar asosida, lekin ancha arzon narxlarda davolanish mumkinligini ko‘rib, ko‘pincha hayratda qolishadi», — deydi EMC Onkologiya instituti direktori Nidal Salim.
Tibbiyotda innovatsion texnologiyalar
EMC Rossiyada birinchilardan bo‘lib nur terapiyasi va radioxirurgiya uchun mo‘ljallangan EDGE Varian tizimini joriy etdi. Bu tizim onkologik kasalliklarni, xususan, HyperArc texnologiyasi yordamida bosh miyadagi ko‘plab metastazlarni yuqori aniqlikda davolash imkonini beradi. 2025-yilda Rossiyada ilk bor teranostika bo‘limi ochildi — bu prostata saratoni va neyroendokrin o‘smalarni davolashning eng zamonaviy yo‘nalishidir. Professor Aleksey Chjao rahbarligidagi xirurgiya klinikasi murakkab tibbiy holatlarni hal qiluvchi markazga aylandi. 2012-yildan buyon robotlashtirilgan xirurgiya sohasida Rossiya uchun noyob bo‘lgan operatsiyalar o‘tkazilib, ulkan tajriba to‘plangan. EMC neyroxirurgiya bo‘limi esa xavfli glioma retsidivlarini davolashning o‘ziga xos uslubi bilan mashhur. Klinikaga jahonga mashhur neyroxirurg Aleksey Krivoshapkin rahbarlik qiladi; bu yerda Fransiya va Shvetsariya mutaxassislari ham qabul o‘tkazib, operatsiyalarni amalga oshiradi. Markazning kardiologiya bo‘limi murakkab aritmiyalarni davolashga, oftalmologiya bo‘limi esa ko‘z gavhari almashtirilgandan keyingi asoratlarni bartaraf etish va eng og‘ir holatlarda ham ko‘rish qobiliyatini tiklashga ixtisoslashgan.
Xalqaro bemorlar uchun qulay sharoitlar
Xorijlik mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: ekspress-tekshiruv (check-up) dasturlari orqali 1–2 kun ichida 15 nafar mutaxassis ko‘rigidan o‘tib, 40 tagacha tekshiruvdan o'tish mumkin. Klinika tarjimon xizmati, transfer, joylashtirish va viza hujjatlarini rasmiylashtirishda yaqindan yordam beradi. Madaniy hordiqning innovatsion davolash usullari bilan uyg‘unlashuvi Moskvani tibbiyot turizmi uchun betakror maskanga aylantirmoqda.












