Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi

Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
TOUS taqinchoqlari; Alexander Wang mo'ynali kiyimi, Givenchy bodisi, Versace tuflisi

Salimbayeva.

Vizajist va soch ustasi: Prive7

MARYAM TILLAYEVA, influenser

Hill

Turli tadbirlar va kundalik hayotda taqinchoqlarni liboslar bilan qanday uyg'unlashtirasiz?

Tadbirlar uchun o'ziga xos tajribalar qilishni va yorqinroq detallar qo'shishni yoqtiraman: masalan, libosimning jozibasini ochib beradigan yirik sirg'alar yoki marjonlar. Taqinchoqlar umumiy uslubni to'ldirishi juda muhim: agar ko'ylakning yelkasi ochiq bo'lsa, yirik sirg'a yoki bo'yinbog' tanlayman, klassik uslubdagi ko'ylaklar bilan esa nafis zanjir yoki uzuklar taqaman.

Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
Hill

TOUS va TIME taqinchoqlari modada o'zligingizni ifodalashga qanday yordam beradi?

Avvalo, ularning o'ziga xos uslubi va nafis detallari orqali. Masalan, mashhur TOUS ayiqchasi obrazga samimiylik va yengillik bag'ishlaydi, shu bilan birga juda nafis ko'rinadi. Men uchun aksessuarlar san'at asaridagi so'nggi shtrixlarga o'xshaydi — ular qiyofani betakror va ifodali qiladi. TOUS va TIME taqinchoqlari bilan men turli qiyofalarda namoyon bo'lishim mumkin: xoh nazokatli, xoh sho'x yoki jiddiy, lekin har doim o'zligimni saqlab qolaman.

Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
TOUS taqinchoqlari; Nanushka topi va yubkasi

TAMILA FALINA, oila va do'stlik qadriyatlarini targ'ib qiluvchi bloger

Hill

TOUS va TIME taqinchoqlari sizda qanday his-tuyg'u yoki xotiralarni uyg'otadi?

TOUS uchun suratga tushish jarayonida har bir zargarlik buyumida aks etgan kichik ayiqchaga e'tibor qaratdim. Buning boisi bilan qiziqsam, ayiqcha brendning bosh ramzi ekan va hammasi aynan undan boshlangan ekan. Brendning o'z timsoliga bo'lgan bunday mehri va uni har bir buyumda mahorat bilan aks ettirishi meni hayratga soldi. Shu darajadaki, ertasi kuniyoq kolleksiyamda ushbu beg'ubor ayiqchaning bo'lishini istab qoldim.

Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
Hill

Taqinchoq tanlashda siz uchun nima muhimroq: uslubmi yoki ramziylik? Nega?

Taqinchoqlarda ramziy ma'no bo'lishi men uchun juda qadrli. Har bir sovg'a qilgan insonni yoki o'sha buyumni sotib olishimga sabab bo'lgan voqeani yaxshi eslayman. Zargarlik buyumlaridagi ramziy belgilar esa o'sha shirin xotiralarga qaytishimga o'ziga xos tarzda yordam beradi.

Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
TOUS taqinchoqlari; Zimmermann kombinezoni, IRO etiklari

VIKTORIYA MAKSIM, xalqaro darajadagi model

NYFW, Paris Couture Fashion, Milan Fashion Week ko'rgazmalarining ko'p karra ishtirokchisi. Armani, Chanel, Dior, Vivienne Westwood, Dsquared, Brunello Cucinelli, Van Cleef, Chopard, Cartier, Naeem Khan, Beauty Blender, La Mer kabi jahon brendlari bilan hamkorlik qilgan.

Hill

Qaysi aksessuarlar siz uchun har doim obrazning ajralmas qismi bo'lib qoladi va nega?

Soat — kundalik qiyofamning ajralmas bo'lagi. U vaqtimiz bor ekan, ko'p narsaga qodir ekanimizni eslatib turuvchi o'ziga xos ramzdir.

Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi
Moda jilolari: TOUS va TIME noyob obrazlar yaratishga qanday ilhomlantiradi

TOUS va TIME taqinchoqlari kundalik uslubingiz va turmush tarzingiz bilan qanday uyg'unlashadi? Men uchun taqinchoqlar — hayotdagi muhim voqealarni va yaqinlarimiz bilan baham ko'rilgan quvonchli damlarni eslatuvchi buyumlardir. Kundalik tashvishlar bilan bo'lib, hayot nafaqat vazifalardan, balki baxtli lahzalarni nishonlash va kimdir yoki nimadir biz uchun qanchalik qadrli ekanini his qilishdan iborat ekanini unutib qo'yamiz. Nazarimda, insonlar yoki voqealar bilan bog'liqlikni mustahkamlovchi an'analar yaratish, atrofimizni go'zal xotiralar bilan o'rash juda muhim. Taqinchoqlar — qalbga yaqin bo'lgan, hayotdagi baxtni eslatuvchi, qiyofani to'ldirib, o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlovchi nafis vositadir.

Foto: Kamola