Tashkent City Mall: o‘zgacha taassurotlar hududi

Tashkent City Mall: o‘zgacha taassurotlar hududi

Toshkent ko‘z o‘ngimizda o‘zgarmoqda. Shahar kengaymoqda, yangi mavzelar qad rostlamoqda. Infratuzilma rivojlanib, dunyoga mashhur brend va kompaniyalar o‘z vakolatxonalarini ochmoqda. Mashhur yulduzlar ishtirokidagi konsertlar, yirik sammit va konferensiyalar... Poytaxt hayoti sur’ati allaqachon o‘zgargan, bu, ayniqsa, nisbatan yangi barpo etilgan Tashkent City hududida yaqqol seziladi.

Qiymati 1,5 milliard dollarga teng ushbu ulkan shaharsozlik loyihasi A toifasidagi (Summit) biznes markazlarini o‘z ichiga olgan ishbilarmonlik klasteri, hashamatli apartamentlar, besh yulduzli JW Marriott Hotel Tashkent va Hilton Tashkent City mehmonxonalari, musiqali favvoralarga ega yashil dam olish maskani hamda mamlakatdagi eng yirik — umumiy maydoni 250 000 m² bo‘lgan Tashkent City Mall savdo majmuasini birlashtirdi. Savdo markazi ishga tushishi bilan ushbu hudud yangi joziba markaziga aylandi: bu yerga har kuni 45 000 nafargacha kishi tashrif buyurmoqda.

Tashkent City Mall’ning asosiy ustunligi — universallik

Tashkent City Mall’da yoshi va qiziqishidan qat’i nazar, har bir tashrif buyuruvchi o‘ziga kerakli hamma narsani — xariddan tortib, hordiq va ishbilarmonlik uchrashuvlarigacha topa oladigan muhit yaratilgan.

Moda va uslub ixlosmandlari uchun

Dunyoning yetakchi va eng kuchli mahalliy brendlarini o‘zida jamlagan 250 dan ortiq butiklar xizmatingizda. Ikkinchi qavat to‘liq Luxury Avenue uchun ajratilgan — bu yerda 10 000 m² maydonda eng sara va dolzarb kolleksiyalar taqdim etilgan lyuks darajadagi xaridlar hududi joylashgan.

Tashkent City Mall: o‘zgacha taassurotlar hududi

Gurmanlar uchun

40 dan ortiq umumiy ovqatlanish maskanlari — casual uslubidagi ovqatlanish shaxobchalaridan tortib mualliflik oshxonasiga ega restoranlargacha — bog‘ manzarasi namoyon bo‘ladigan ochiq terrasalar va rooftop-launj-bar bilan boyitilgan.

Bolali oilalar uchun

Puxta o‘ylangan infratuzilma o‘yin maydonchalari, bolalar aravachalari ijarasi va farzandlar bilan hordiq chiqarishni yanada qulay va oson qiladigan xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Hordiq chiqarish va hayajonli lahzalar uchun

To‘rtinchi qavatda 14 ta zaldan iborat IMAX kinoteatri, ikkita basseynli fitnes-studiya va VR texnologiyalariga ega ko‘ngilochar hudud jamlangan. Bu maskan xariddan keyingi yoqimli hordiq yoki tashrif buyurish uchun alohida sabab bo‘lishi mumkin.

Tashkent City Mall: o‘zgacha taassurotlar hududi

Servis va qulaylik

Mehmonlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatiladi: konsyerj hududi, ma’lumotlar peshtaxtasi va xaridlarni ortiqcha tashvishsiz amalga oshirish imkonini beruvchi hands-free xizmati mavjud.

Ishbilarmonlar uchun

Summit biznes markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘li, mukammal logistika va uchrashuvlar uchun qulay maydonlar.

Sayyohlar uchun

Tashkent City Mall majmuasidan JW Marriott mehmonxonasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish mumkin. Qulay joylashuv esa poytaxtning asosiy diqqatga sazovor joylariga tez fursatda yetib borish imkonini beradi.

Tashkent City Mall: o‘zgacha taassurotlar hududi

Shunchaki savdo emas

Tashkent City Mall interyerlari uchta — Meros, Bugun va Kelajak deb nomlangan galereyalarga bo‘lingan. Ularning har birida o‘zbek me’morchiligi va tabiatining unsurlari o‘ziga xos tarzda talqin etilgan. Mahalliy rassom va fotograflarning vaqtinchalik ko‘rgazmalari hududga madaniy ruh bag‘ishlaydi, xalqaro brendlar ishtirokidagi moda namoyishlari esa sohadagi yangi tendensiyalarni belgilaydi.

Mazkur maydon LVMH konglomerati hamda O‘zbekistondagi Podium va Glamour riteylerlari tomonidan yuqori baholanib, bu yerda yetakchi modellar hamda soha mutaxassislari ishtirokida ulkan namoyish o‘tkazildi. Tashkent City Mall O‘zbekistondagi eng yaxshi aralash turdagi loyiha sifatida Asia Pacific Property Awards mukofotiga loyiq ko‘rildi. Endi lyuks darajadagi xaridlar uchun boshqa davlatga borish shart emas.

Tashkent City Mall — bu zamonaviy, dunyoga ochiq va kelajakka ishonch bilan qaraydigan Toshkentning yangi turmush tarzi shakllanayotgan maskandir.