An’ana va innovatsiya tutashgan nuqtada

Mazkur maqola o‘n yillik klinik tajriba, davomiylik va kasbga bo‘lgan cheksiz mehr asosida barpo etilgan ikki yirik kompaniya — doktor Vaisov klinikasi hamda Germaniyaning professional kosmetika brendi Dr. med. Christine Schrammek Kosmetik hamkorligiga bag‘ishlanadi.
Ikki tarix — yagona falsafa
Dr. Vaisov Laser Aesthetic Dermatology klinikasi — apparat va lazerli estetik tibbiyot sohasida O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot markazlaridan biri hisoblanadi. Tibbiyot fanlari doktori Iskandar Adhamjanovich Vaisov tomonidan asos solingan ushbu maskan bugungi kunda oilaviy qadriyatlar asosida rivojlanmoqda. Bu yerda tibbiyot shunchaki biznes emas, balki har bir bemorning go‘zalligi va salomatligi yo‘lidagi mas’uliyatli burch sifatida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Klinikada muolajalar shunchaki bajarilmaydi, balki eng ilg‘or texnologiyalar va chuqur tajribaga tayangan holda mijozlar bilan uzoq muddatli ishonchli aloqalar o‘rnatiladi.
Urushdan keyingi Germaniyada ham shunga o‘xshash tarix shakllangan. Kristina Shrammek shifokor bo‘lishni orzu qilgan, ammo o‘sha yillari klassik tibbiy ta’lim olish imkoni bo‘lmagan. Natijada u fitoterapiya sohasini tanladi: yillar davomida giyohlarni o‘rgandi, turli tarkiblar bilan tajriba o‘tkazdi va ularning shifobaxsh quvvatiga yanada ko‘proq ishondi. 1958-yilda Hindenburg tibbiyot akademiyasi dermatologlari bilan hamkorlikda u dunyoda o‘xshashi yo‘q Green Peel® o‘simlik pilingini yaratdi. Dastlab bu usul teridagi chandiq va jarohatlarni davolashga mo‘ljallangan edi.
1988-yilda oilaviy ishni uning qizi — tibbiyot fanlari doktori, dermatolog Kristina Shrammek-Druzio o‘z qo‘liga oldi. U onasining merosini nafaqat saqlab qoldi, balki uni yanada kengaytirdi: o‘ziga xos Green Peel® pilingi asosida terini sog‘lomlashtiruvchi immunomodulyator dasturlar va uy sharoitida parvarishlash uchun professional derma.cosmetics liniyasini yaratdi. O‘tgan 69 yil davomida Green Peel® Yevropaning go‘zallik sohasidagi nufuzli nashrlari tomonidan bir necha bor yuqori mukofotlarga loyiq ko‘rildi. Brend — Beauty Forum Award (2010, 2011, 2012, 2015, 2016, 2017) sovrindori bo‘lib, 2025-yilda esa Husnbuzar va muammoli teri bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi kosmetik vosita nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Bugungi kunda brend dunyoning 75 mamlakatida taqdim etilgan bo‘lib, bu shunchaki marketing emas, balki yuksak obro‘-e’tibor belgisidir.
Doktor Vaisov klinikasi va Dr. med. Christine Schrammek Kosmetik brendlarini yagona bir falsafa birlashtirib turadi: go‘zallik — bu halol mehnat, ilm-fan va o‘z kasbiga bo‘lgan cheksiz muhabbat mahsulidir. Brendlarning falsafasi mushtarak bo‘lsa, hamkorlik shunchaki sheriklik emas, balki qadriyatlarning uyg‘unlashuviga aylanadi.
Oila, davomiylik va ishonch. Aynan shu tamoyillar chegara va madaniyatlardan qat’i nazar, ushbu ikki brendni yillar davomida bog‘lab turibdi.
Nima uchun Green Peel® — apparat kosmetologiyasi uchun eng maqbul hamroh hisoblanadi?
Dr. Vaisov klinikasi apparat va lazer muolajalariga ixtisoslashgan. Bu terining chuqur qatlamlari bilan ishlovchi yuqori aniqlikdagi tibbiyotdir. Biroq har qanday apparat muolajasining natijasi ko‘p jihatdan ikki bosqichga — tayyorgarlik va tiklanishga bog‘liq. Aynan shu yerda Green Peel® muhim rol o‘ynaydi.
Shuni tushunish kerakki, bu shunchaki tabiiy kosmetika emas. Bu klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan va butun dunyo dermatologlari tomonidan turli teri muammolarini davolash protokollariga kiritilgan professional dermatologik liniyadir. Green Peel® metodikasining universalligi shundaki, u tibbiy muolajalar bilan raqobatlashmaydi, aksincha, ularning samarasini yanada kuchaytiradi.
Tarkibida sakkizta dorivor o‘simlik bor: dalaqirqbo‘g‘imi, zubturum, moychechak, aloe vera, kalendula, o‘pka o‘ti, uch rangli binafsha va spirulina. O‘simlik mussining pH darajasi 5,5 bo‘lib, uning tarkibida kislotalar va agressiv moddalar mavjud emas. Ushbu o‘simliklar terining himoya to‘sig‘ini buzmagan holda yallig‘lanishni oladi, to‘qimalarni tiklaydi, hujayralarni yangilaydi va teri immunitetini mustahkamlaydi. Bunda teri stressga tushmaydi, aksincha, sog‘lomlashadi.
Lazer muolajasidan so‘ng teriga agressiv yondashuv emas, balki oqilona parvarish zarur. Green Peel® metodikasi aynan shuni taqdim etadi — tabiat qudrati eng ilg‘or tibbiyot xizmatida.Samaradorlik klinik jihatdan isbotlangan: Moskvadagi Plastik jarrohlik va kosmetologiya institutida o‘tkazilgan tadqiqotlar terining namlanganlik darajasi 42 foizgacha, elastikligi 19 foizga oshishini, ajinlar miqdori esa himoya to‘sig‘iga zarar yetkazmagan holda 36 foizga kamayishini qayd etdi.
Dr. Vaisov klinikasida Dr. Schrammek kompaniyasining mahsulotlari va protokollari lazer muolajalari bilan uch bosqichda uyg‘unlashtirilgan: muolajadan oldingi tayyorgarlik, muolaja jarayonidagi qo‘llab-quvvatlash va muolajadan keyingi uy sharoitidagi parvarish. Natijada teri tezroq tiklanadi va erishilgan samarani uzoqroq saqlaydi. O‘zbekistonda bunday tizimli hamkorlik ilgari mavjud bo‘lmagan.
Husnbuzarlar, rozatsea va pigmentatsiya — cheklovlarsiz muolajalar
Green Peel® dasturlari homiladorlik va laktatsiya davrida, o‘smirlar uchun, autoimmun kasalliklar va onkologik holatlarda ham xavfsizdir — vaholanki, bunday holatlarda ko‘plab kosmetologik muolajalar taqiqlangan bo‘ladi. Dasturlarni yilning istalgan faslida, nojo‘ya ta’sirlarsiz qo‘llash mumkin, bu esa muntazam apparat kurslari uchun juda muhimdir.Husnbuzarlar (akne). Green Peel® Stop Acne dasturi yallig‘lanishni oladi, yog‘ bezlari faoliyatini me’yorlashtiradi, postakne izlarini ochartiradi va terining mahalliy immunitetini oshiradi. O‘smirlar bu dasturni oson, terining kuchli shilinishisiz o‘tkazadilar, natija esa birinchi seansdan keyinoq ko‘zga tashlanadi.
Rozatsea va o‘ta sezuvchan teri. Green Peel® Beauty2GO dasturi yallig‘lanishni pasaytiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi va terining ta’sirchanligini kamaytiradi.
Pigmentatsiya. Dr. Vaisov klinikasi lazerlari bilan birgalikda Green Peel® Mela White dasturi har qanday, jumladan, lazerdan keyingi giperpigmentatsiya bilan samarali kurashadi.
Professional Green Peel® dasturlarda yosh chegarasi va qarshi ko‘rsatmalar mavjud emas. Ona, qiz va nabira uchun — yagona brend, yagona ishonch.
Dr. Vaisov klinikasida shuningdek Dr. Schrammek brendining uyda parvarishlash uchun mo‘ljallangan to‘liq liniyasi taqdim etilgan, chunki klinikadagi muolajalardan so‘ng natijani mustahkamlash teri salomatligini tiklashning majburiy shartidir. Klinika shifokorlari va bemorlari Dr. Schrammek mahsulotlarining sifati, tarkibi va yoqimli iforini, eng muhimi — terining sog‘lom javobi va yaqqol natijalarini yuqori baholadilar.
Shunday insonlar borki, ular trendlar kelishini kutib o‘tirmaydi, balki ularni o‘zlari yaratadilar. Lidiya Grigoryeva — ana shunday insonlardan biri.
Dr. med. Christine Schrammek Kosmetik Markaziy Osiyoda
Dr. med. Christine Schrammek Kosmetik brendining Markaziy Osiyoga kirib kelishi — YEOII mamlakatlari va O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxona bosh direktori Lidiya Olegovna Grigoryevaning xizmatidir. U Green Peel®ning MDH bozori uchun salohiyatini ko‘ra bildi va jasorat hamda professional ichki sezgi bilan mintaqada vakolatxonani ochdi. Uning rahbarligida brend allaqachon beshta davlatda muvaffaqiyatli taqdim etilgan: Rossiyada 10 yil, Qirg‘izistonda 7 yildan ortiq, Qozog‘istonda 3 yil. O‘zbekiston va Belarusdagi ofislar esa 2025-yilda o‘z faoliyatini boshladi.
Lidiya Olegovna nafaqat distributsiyani yo‘lga qo‘ydi, balki brend atrofida professional hamjamiyat shakllantirdi: u mutaxassislarni o‘qitadi, kosmetologlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlaydi hamda terini parvarishlashda dalillarga asoslangan yondashuv madaniyatini yaratadi. Aynan uning sa’y-harakatlari tufayli mintaqadagi yuzlab mutaxassislar bugungi kunda Green Peel® sog‘lomlashtirish metodikasini mukammal egallab, uning samaradorligini o‘z mijozlariga namoyish etmoqdalar. Bu sokin, ammo g‘oyat muhim missiyadir: go‘zallik standartlarini kasbning ichidan turib o‘zgartirish.
Bugungi kunda O‘zbekiston hududida brendning rasmiy vakolatxonasi — Dr. med. Christine Schrammek Kosmetik GmbH & Co. KG faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda mutaxassislar mahsulotlarni xarid qilishlari, malaka oshirishlari va xalqaro namunadagi sertifikatga ega bo‘lishlari mumkin.
Doktor Vaisov klinikasi O‘zbekistonda Dr. med. Christine Schrammek Kosmetik brendining birinchi rasmiy hamkoriga aylandi. Ikki oilaviy sulola o‘n yilliklar, sarhadlar va turli madaniyatlar orqali uchrashib, o‘zaro mushtarak til topishdi.












